07:53 / 21.06.2021
16775
Toshkentda Koreya fuqarolari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal ulardan birining o‘limi bilan yakunlandi

2021 yil 15 iyun kuni soat taxminan 04:00larda Koreya Respublikasi fuqarosi, 44 yoshli K. D. mast holatda Toshkent shahri Chilonzor tumani, Do‘mbirobod 4-tor ko‘chasida joylashgan uylarning birida bo‘la turib, shu yerda bo‘lgan yurtdoshi 40 yoshli K.J. bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida o‘tkir tig‘li jismni K.J.ga qarata otib, tan jarohati yetkazgan. Natijada, K.J. tan jarohatlari bilan RShTYoIMga olib borilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan K.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

16 iyun kuni jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Shu kuni K.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblov e'lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Top