“Hayotimning mazmuni – xalqimizni rozi qilish” - prezident Sergelidagi mahalla ahli bilan uchrashdi
25 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi qator obektlarni ko‘zdan kechirdi va Sergeli tumani Saxovat mahallasiga ham tashrif buyurdi.
Mahallada amalga oshirilgan obodonchilik ishlari bilan tanishgan davlat rahbari hududda yashovchi faollar bilan suhbatlashdi.
“Bir necha yil oldin Sergelida metro quriladi, mana shu chekka mahallalar ham obod bo‘ladi deyilsa, hech kim ishonmasdi. To‘g‘ri, qiyin bo‘ldi, lekin harakat qildik va mana natijasini ko‘rdik. Istagim shuki, har bir mahalla mana shunday obod, namunali bo‘lsin. Buning uchun zarur mablag‘ni ajratamiz, barcha choralarni ko‘ramiz.
Mening hayotim mazmuni – xalqimizni, siz azizlarni rozi qilish”, – dedi prezident mahalla ahliga qarata.
Davlat rahbari yozgi ta'tilda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish kerakligini qayd etdi.
“Jinoyatchilik qayerda ko‘payadi, yoshlar bo‘sh, e'tiborsiz qolgan joyda ko‘payadi. Shuning uchun yoshlarning, ayniqsa uyushmagan yoshlarimizning har bir daqiqasi mazmunli o‘tishiga harakat qilishimiz kerak. Yozgi ta'til paytida ham maktablarda to‘garaklar, turli dasturlar, ma'rifiy uchrashuvlarni tashkillashtirish lozim”, – deya davlat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
07:53 / 28.09.2024
Tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi
19:41 / 27.09.2024
Sergelida avtopoyga uyushtirib, piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 oyda ozodlikka chiqdi
07:21 / 03.09.2024