10:19 / 28.06.2021
22434

Statistika: Qozog‘iston O‘zbekistondan eng ko‘p yengil avtomobil sotib olmoqda

2021 yilning besh oyida Qozog‘iston O‘zbekistondan eng ko‘p yengil avtomobil sotib olgan. O‘tgan yilning birinchi choragi va yil yakuni bo‘yicha ham Qozog‘iston O‘zbekistondan yengil avtomobil import qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan. 

Davlat statistika qo‘mitasining xabar berishicha, 2021 yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga 134,9 mln dollar qiymatiga teng yengil avtomobil eksport qilingan. Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 85 mln AQSh dollariga oshgan.

Joriy yilning besh oyida O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar qatorida Qozog‘iston yetakchi bo‘lgan (127,1 mln dollar).

Bundan tashqari, O‘zbekistondan Afg‘oniston (2,7 mln), Ukraina (2,3 mln), Qirg‘iziston (1,0 mln), Rossiya (955,9 ming), Ozarboyjon ( 444,7 ming), Tojikiston (339,1 ming AQSh dollari) yengil avtomobil sotib olgan.

O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston yengil avtomobillarni, asosan, Qozog‘istonga (13 812 dona) eksport qilgandi. Qozog‘iston o‘tgan yil mobaynida qiymati 131,9 mln AQSh dollariga teng 13 812 dona avtomobil sotib olgan. Bu O‘zbekiston xorijga eksport qilgan avtomobillarning 83 foizi degani.

Shuningdek, 2020 yilning birinchi choragida yengil avtomobillar eksportidan tushgan mablag‘ning 94 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Avvalroq may oyida 37 mln dollar qiymatida yengil avtomobillar import qilingani haqida xabar berilgandi.

Top