15:11 / 30.06.2021
13644
Putin koronavirusga qarshi qaysi vaksina bilan emlanganini aytdi

Putinning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi emlanishdan so‘ng uning tana harorati kechqurun 37,2 darajaga ko‘tarilgan, ertalab esa me'yoriy darajaga tushgan.

Foto: Press-slujba prezidenta Rossii

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanganini aytdi.

“Koronavirusga qarshi emlangan vaqtimda ikkita vaksina bor edi. Ikkisi ham yaxshi. Vaksina tanlashda shifokorlar bilan maslahatlashmadim. Tanishlarim qandy vaksina olishganiga e'tibor qaratdim va “Sputnik V” vaksinasini qabul qildim”, dedi u. 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi emlanishdan so‘ng uning tana harorati kechqurun 37,2 darajaga ko‘tarilgan, ertalab esa me'yoriy darajaga tushgan. U vaksinaning hech qanday nojo‘ya ta'sirini sezmaganini aytdi.

Rossiya prezidenti atrofidagilar emlangandan keyin ham koronavirus yuqtirganini e'tirof etarkan, kasallikni yengil o‘tkazishganini aytdi.

Top