12:33 / 09.07.2021
445
Sirdaryolik 375 nafar abituriyent harbiy OTMlarga kirish uchun ariza topshirdi

O‘zbekistondagi oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish istagini bildirgan 375 nafar sirdaryolik nomzod ariza bilan murojaat etishgan. Bu haqda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan Kun.uz'ga ma'lum qilindi.

Ushbu nomzodlarning salomatligi tegishli tarzda tekshirilib, jismoniy va nazariy imtihonlardan o‘tkazildi.
Xohlovchilar quyidagi harbiy OTMlarga hujjat topshirishgan:

  •  O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti – 11 nafar;
  •  Qurolli Kuchlar akademiyasi – 64 nafar;
  •  Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti – 176 nafar;
  •  Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandisligi bilim yurti – 76 nafar;
  •  FVV akademiyasi – 48 nafar.

Tuman (shahar) va viloyat tibbiy ko‘rigi hamda individual-psixologik sifatlarini o‘rganish va jismoniy tayyorgarlik sinovlarining viloyat bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 152 nafar nomzodlar ro‘yxati Davlat imtihonlarini topshirish uchun oliy harbiy bilim yurtlariga yuborildi.

Top