13 noyabr kuni oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov rahbarligida oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oşiriş, kredit-modul tizimini tatbiq etişdagi muammolarga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Unda vazir OTMlardagi beş asosiy muammoni sanadi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Birinçidan, OTMlarda öquv rejalaridagi fanlar kredit-modul tizimining talab va maqsadlariga mos kelmaydi; aksariyat muassasalarda tizimdagi öquv rejaga eski öquv rejadagi fanlar kör-körona köçirilgan. Uşbu fanlar soatlari kreditlarda hisoblangan holda şakli özgartirilgan, xolos. Öquv rejalarini TOP-500talikka kirgan universitetlar öquv rejalari asosida jiddiy körib çiqiş kerak.
Vazirlik huzuridagi ta'limni rivojlantiriş markazi rahbari almaşdi, yana 80 foiz xodimi almaşadi.
Ikkinçidan, talabalarning mustaqil ta'limi töğri taşkil etilmagan. Özi kredit-modul tizimi professor öqituvçi uçun rohati jon bölişi kerak, ya'ni biz talabaning mustaqil işlaşi uçun katta yöl oçib, ilm qilişimiz uçun imkoniyat qilişimiz kerak. Kafedralar, boringki, vazirlik bu borada öqituvçilarning yukini yengil qilmadi.
Uçinçidan, fan dasturlari, sillabuslarning talabga javob bermasligi. Talaba şunga qarab fanni tanlaydi. Qaysidir OTM talabaga fanning majmuasini bergan: siz tanlang, biz öqitamiz deb, lekin hammasi ham emas.
Törtinçidan, fanlarni tanlaşda talabaga qiyinçilik tuğdiruvçi tizim yaratilgan. Ortiqça fanlarning mavjudligi talabalarda fanni töğri tanlaş imkoniyatini pasaytirmoqda. Ming afsuski, bunda vazirlikning ham aybi bor. Agar eplolmasa, vazirlikning yana 50 foiz xodimi almaşadi.
Beşinçidan, ma'ruza zallarida auditoriya siğimining kamligi hamda bu yönalişda çeklovlar mavjudligi. Aksariyat OTMlarda auditoriyalar yetişmasligi tufayli darslar onlayn yoki bir neça smenada taşkil etilmoqda. Bundan taşqari, öqituvçilar yetişmasligi tufayli ma'ruza darslari hali malakasi bölmagan yoş öqituvçilarga berilgan.
100-500 kişi ötirib öqiydigan auditoriyalar bilan dars soatlarini muvofiqlaştiriş kerak. Bu ham xorijiy tajriba”, — dedi vazir.
Ma'lumot uçun, vazir boşçiligidagi yiğiliş va seminar-treningda 96 ta davlat oliy ta'lim muassasalaridan 24,5 ming iştirokçi ZOOM platformasi orqali qatnaşdi

















