07:37 / 10.07.2021
36860
O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida 3-4 ballik zilzila qayd etildi

Tojikistonda ro‘y bergan 6 ballik zilzila kuchi poytaxt Toshkent va boshqa viloyatlar markazlarida sezildi.

FVV Seysmologik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:14da Tojikistonda ro‘y bergan zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi.

Zilzila koordinatalari: 38,77 gradus shimoliy kenglik; 70,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 307 km janubiy-sharqda joylashgan.

  • O‘zbekiston hududlarida sezilish kuchi:
  • Farg‘ona shahrida 3-4 ball, 199 km.
  • Guliston shahrida 3-4 ball, 256 km.
  • Namangan shahrida 3-4 ball, 260 km.
  • Andijon shahrida 3-4 ball, 262 km.
  • Jizzax shahrida 3 ball, 294 km.
  • Toshkent shahrida 3 ball, 307 km.
  • Samarqand shahrida 3 ball, 342 km.
  • Termiz shahrida 3 ball, 351 km.
  • Qarshi shahrida 3 ball, 432 km.
  • Navoiy shahrida 2 ball, 486 km.
Top