16:25 / 14.07.2021
11866

Tojikistonga kelayotgan o‘nlab yuk mashinalari uch oydan buyon Qirg‘iziston chegarasida ushlab turilgani ma'lum qilindi

Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohimning so‘zlariga ko‘ra, u bu masalani Qirg‘iziston prezidentining 14 iyun kuni Dushanbega qilgan tashrifi chog‘ida qo‘shni mamlakat transport vaziri bilan muhokama qilgan.

Foto: media-center.kg

Qirg‘izistonning Botken oblastida turib qolgan 60ta yuk mashinasi masalasi haligacha yechilmadi, deb ma'lum qildi Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim. 

Ibrohimning so‘zlariga ko‘ra, u bu masalani Qirg‘iziston prezidentining 14 iyun kuni Dushanbega qilgan tashrifi chog‘ida qo‘shni mamlakat transport vaziri bilan muhokama qilgan.

«U bu masalani hal qilishga va'da bergandi, ammo afsuski, hech qanday ijobiy natija bo‘lmadi», - dedi Azim Ibrohim.

Tojikiston transport vazirining ta'kidlashicha, ushlab turilgan yuk mashinalari haydovchilarining uch nafari Tojikiston fuqarolaridir, qolgan barcha haydovchilar Qirg‘iziston fuqarolari hisoblanadi. 

Avvalroq Rossiyadan Tojikistonga yo‘l olgan yuk mashinalari Botken oblastida to‘xtatilgani xabar qilingandi.

Yuk mashinalarining to‘xtatilishiga o‘nlab kishilar o‘limiga olib kelgan tojik-qirg‘iz chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv sabab bo‘lgan. 

Top