18:13 / 17.07.2021
3354
Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 190 milliondan oshdi

Sutkalik kasallik yuqtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Indoneziya birinchi o‘ringa chiqdi – mamlakatda o‘tgan sutkada 51,9 mingta yangi holat qayd etildi.

17 iyul holatiga dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 190 million 446 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometer saytida ma'lum qilindi.

Pandemiya boshlanganidan buyon kasallikdan vafot etganlar soni 4 million 94 mingdan oshgan, 173 million 600 mingdan ziyod bemor sog‘aygan.

Sutkalik kasallik yuqtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Indoneziya birinchi o‘ringa chiqdi – mamlakatda o‘tgan sutkada 51,9 mingta yangi holat qayd etildi. O‘tgan sutkada Rossiyada 25,1 ming va Eronda 15,1 ming kishida koronavirus aniqlangan.

Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda yetakchi bo‘lib turibdi – 34,9 million kishi. Keyingi o‘rinlarda Hindiston (31 mln) va Braziliya (19 mln) joylashgan.

Kasallikdan vafot etganlar soni bo‘yicha ham AQSh birinchi o‘rinda – 624,6 ming bemor vafot etgan. Braziliyada 540,5 ming, Hindistonda 413,1 ming bemor ko‘z yumgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top