18:49 / 19.07.2021
3948
To‘qayev Qozog‘istonda aholi koronavirusga qarshi majburan emlanmasligini aytdi

«Vaksina olishni istamaganlar bilan ishlashda differensial yondashuv lozim. Rad etish sabablari turlicha. Undaylar orasida ikkilanayotganlar ham ko‘p», - dedi Qozog‘iston prezidenti.

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston hukumati aholini yirik mehnat jamoalari bilan bog‘liq holatlardan tashqari, koronavirusga qarshi emlanishga majbur qilmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev aytdi.

«Vaksina olishni istamaganlar bilan ishlashda differensial yondashuv lozim. Rad etish sabablari turlicha. Undaylar orasida ikkilanayotganlar ham ko‘p», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ularni barcha vositalar orqali ishontirish kerak.

«G‘arbning ayrim rivojlangan mamlakatlarida ishontirish uslubidan majburlash choralariga o‘tishmoqda. Biz bunday qilmaymiz, yirik mehnat jamoalari faoliyati bilan bog‘liq holatlardan tashqari», — dedi To‘qayev.

Top