18:47 / 25.07.2021
6224
Jyeff Bezos zararli chiqindilarni fazoga jo‘natishni taklif qildi

Amazon va Blue Origin kompaniyalari asoschisi, dunyoning eng boy odami Jyeff Bezos fazodan turib Yerga boqqandan keyin sayyoramizga nisbatan o‘z munosabati o‘zgargani, u Yerdagi iqlim o‘zgarishi muammosini hal qilish istagi bilan ilhomlanganini ma'lum qildi.

Jumladan, milliarder bunda sanoatdagi zararli chiqindilarni fazoga jo‘natish yaxshi yechim bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

“Bunga o‘nlab yillar talab etiladi, biroq katta ishlar kichik qadamlardan boshlanadi. Siz sayyoraga boqqaningizda, buning cheki yo‘q. U biz uchun yagona va juda nozik. Atmosferaga koinotdan boqqanda, u qanchalik ensiz ekanini hattoki tasavvur ham qila olmaysiz”, deb aytgan Bezos.

Uning ta'kidlashicha, koinot texnologiyalariga investitsiyalar kelajak avlodlarga yordam berishi mumkin.

“Farzandlarimiz va ularning farzandlari kelajakni qura olishi uchun koinotga yo‘limizni davom ettirishimiz lozim”, deb qo‘shimcha qilgan milliarder.

Bezos 20 iyulda o‘ziga tegishli Blue Origin kompaniyasi ishlab chiqqan New Shepard kemasida fazoga yo‘l olgandi. Parvoz 10 daqiqadan ko‘proq davom etgan. Ekipaj a'zolari kapsulada 107 kmlik balandlikka ko‘tarilib, Yer atmosferasi va fazo o‘rtasidagi shartli chegara hisoblanuvchi Karman chizig‘ini kesib o‘tib, so‘ngra Yerga qaytgan.

Mavzuga oid
Top