Fazoviy poyga qurbonlari – halok bölgan kosmonavtlar va astronavtlar
|15:44 / 12.04.202428 47910 min
Har yili 12 aprel kuni dunyoning köplab davlatlarida inson ilk marta fazoga uçgan kun sifatida eslanadi. Şu kuni Yuriy Gagarin koinotga çiqqan edi. Keyinçalik SSSR va AQŞ örtasida fazoviy poyga boşlanadi. Bu yölda muvaffaqiyatli parvozlar bilan birga köplab yöqotişlar ham bölgan.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Insonning ilk marta fazoga parvoz qilganiga bu yil 62 yil töldi. 1961 yil 12 aprel kuni sovet fuqarosi bölgan Yuriy Gagarin fazoga çiqqan edi.
Öşandan söng dunyoning ikkita davlati SSSR va AQŞ örtasida fazoviy poyga boşlanadi va u 1991 yil SSSR parçalanib ketgunça davom etadi.
Har ikki davlat turli tadqiqotlar uçun har yili milliardlab dollar sarflar va yuzlab parvozlarni amalga oşirardi. Gagarinning parvozidan keyin har ikki tomon fazoga odam uçirişga zör berişadi.
Parvozlarning barçasi ham muvaffaqiyatli keçmasdi. Birida fazogirlar ötirgan kosmik kema uçiş çoğida, boşqasida ortga qaytib tuşayotganda halokatga uçrardi.
Quyida insonning ilk marta fazoga uçişi tafsilotlari va halok bölgan kosmonavtlar va astronavtlar haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz.
Vladimir Komarov – 1967 yil 24 aprel.
Vladimir Komarov Gagarin bilan birga
Vladimir Komarov fazoga parvoz qilib halok bölgan ilk kosmonavt hisoblanadi. 1967 yil 23 aprel kuni Komarov ikkinçi marta Soyuz-1 kosmik kemasi bilan fazoga parvoz qiladi. (Birinçi parvozi 1964 yilda bölgan.)
Parvoz vaqtida kosmik kemada bir neçta nosozliklar kuzatiladi. Şu sababli Komarovga Yerga qaytib tuşişga buyruq berişadi.
Parvozdan bir sutkadan sal köproq vaqt ötganda Soyuz-1 Yerga qaytib tuşa boşlaydi. Ana şu jarayonda Yer sirtiga yaqinlaşganda uning paraşyuti oçilmaydi.
Kosmik kema Orenburg viloyati hududida Yerga juda qattiq zarb bilan uriladi va yonib ketadi. Oqibatda 40 yoşli Komarov halok böladi.
Maykl Adams – 1967 yil 15 noyabr.
Maykl Adams
Maykl Adamsni aslida astronavt ham deb bölmaydi. U asosan raketoplan bilan Yer yuzasidan biroz balandda sinov parvozlarida iştirok etgan.
U dastlabki sinov parvozini X-15 raketoplani bilan 1966 yil oktyabrda amalga oşiradi. 1967 yil noyabrda u X-15 raketoplani bilan navbatdagi marta parvoz qiladi.
Mavzuga oid
U X-15 bilan Yerga qaytib tuşayotganda atmosferaning ziç qatlamiga kirgan raketoplan havoda parçalanib ketadi. Oqibatda 37 yoşli Maykl halok böladi. Şundan söng NASA uni astronavtlar safiga kiritadi.
Georgiy Dobrovolskiy, Vladislav Volkov, Viktor Patsayev – 1971 yil 30 iyun
Georgiy Dobrovolskiy, Viktor Patsayev va Vladislav Volkov (çapdan öngga). Foto: Aleksandr Mokletsov / RIA Novosti
1971 yil 7 iyun kuni SSSR Soyuz-11 kosmik kemasini uç nafar kosmonavt bilan fazoga uçiradi. Georgiy Dobrovolskiy, Vladislav Volkov, Viktor Patsayev bölgan kosmik kema 29 iyun kuni ortga qaytişga qaror qiladi.
Soyuz-11 Yerga qaytib tuşayotganida kosmik kemaning germetizatsiyasida nosozlik yuz beradi. Oqibatda Soyuz-11ning içida atmosfera bosimi tuşib ketadi va kosmonavtlar halok böladi.
Soyuz-11 Yerga qaytib tuşganidan söng uni qidirib topişganda kosmonavtlar öz örindiğida xavfsizlik kamari taqilgan holda ötirardi. Öşa paytda Dobrovolskiy 43 yoşda, Volkov 36 yoşda, Patsayev 38 yoşda bölgan.
Gregori Jarvis, Krista Makoliff, Ronald Makneyr, Ellison Onidzuka, Judit Reznik, Maykl Smit va Frensis Skobi – 1986 yil 28 yanvar.
Foto: alamy.com
1986 yil 28 yanvar kuni NASA tomonidan uçirilgan va içida 7 nafar astronavt bölgan Çellenjyer şatli parvozdan bir neça soniya ötib halokatga uçraydi.
Aslida bu kosmik kema 22 yanvar kuni parvoz qilişi kerak edi. Biroq texnik sabablarga köra parvoz avvaliga 23, söng 24, oxirida 25 yanvarga köçiriladi. Biroq baribir parvoz belgilangan muddatda amalga oşmaydi.
Parvozdan avvalgi nazoratda şatlda texnik muammolar borligi aniqlanadi. Uni tuzatiş biroz vaqt olişini inobatga olib parvozni 27 yanvar kuniga belgilaşadi. Biroq texnik xodimlar muammoni bartaraf etişni keçiktirişadi va parvoz 28 yanvarga köçiriladi.
Parvoz vaqtida havo harorati -1 daraja sovuq edi. NASA öşangaça +12 daraja iliq havoda parvozlarni amalga oşirgan, sovuqda birinçi parvoz amalga oşirilayotgandi.
Bu astronavtlar Çellenjyer şatli bilan parvozni boşlagandan 73 soniya ötib, kosmik kema Yer sathidan 15 km balandlikda bölganida uning yoqilği siğimi portlaydi. Hodisaga parvoz paytida havo haroratining pastligi sabab bölgan.
Oqibatda barça astronavtlar - Gregori Jarvis, Krista Makoliff, Ronald Makneyr, Ellison Onidzuka, Judit Reznik, Maykl Smit va Frensis Skobihalok böladi. Ularning ikki nafari Krista Makoliff va Judit Reznik ayol bölgan.
Rik Hasband, Uilyam Makkul, Maykl Anderson, Devid Braun, Kalpana Çavla, Lorel Klark, Ilan Ramon – 2003 yil 1 fevral.
Foto: alamy.com
Amerikalik astronavtlar bilan boğliq yana bir fojiali hodisa 2003 yil 1 fevral kuni sodir böladi. Köp marta foydalansa böladigan Kolumbiya şatli Yerga qönayotganda yoqilği siğimida nosozlik röy beradi.
Oqibatda kosmik kema portlab ketadi va unda bölgan olti nafar astronavt - Rik Hasband, Uilyam Makkul, Maykl Anderson, Devid Braun, Kalpana Çavla, Lorel Klark, Ilan Ramonhalok böladi. Astronavtlardan ikki nafari, Kalpana Çavla va Lorel Klark ayol bölgan.
Mazkur hodisa kosmonavt va astronavtlar bilan boğliq bölgan sönggi halokat edi. Öşandan buyon odam ölimi bilan boğliq boşqa hodisa sodir bölmadi.
Parvozga tayyorgarlik paytida halok bölganlar
Kosmik tadqiqotlar boşlangaç jami 8 nafar kosmonavt va astronavt parvozga tayyorgarlik körişda halok bölgan. Ulardan bir nafari sovet fuqarosi, yetti nafari amerikalik bölgan.
Valentin Bondarenko – 1961 yil 23 mart.
Foto: alamy.com
Valentin Bondarenko 1960 yilda bir guruh uçuvçilar orasidan kosmosga parvoz uçun tanlab olingan olti kişilik guruhga kiritiladi.
Öşa paytda sovetlar kosmosga amerikaliklardan avval odam uçiriş uçun harakat qilayotgandi. 1961 yil mart oyi örtalarida Bondarenko sönggi bosqiçga tayyorgarlik asnosida maxsus kameraga kiritiladi.
Valentin taşqariga çiqmay kamerada vaznsizlik holatida 10 kun yaşaydi. Sinovlar muvaffaqiyatli tugaydi va u sönggi kun tanasiga örnatilgan tibbiyot jihozlar qoldirgan kiçik yaralarni spirtga botirilgan paxta bilan artadi.
Söng e’tiborsizlik bilan paxtani çiqindi quti örniga ovqat isitişda işlatilgan, qizib turgan çöğlampa ustiga taşlaydi. Paxta şu zahoti yonib ketadi va Valentin uni qöli bilan öçirmoqçi böladi. Ammo kislorodga töyingan past bosimli havoda olov öçiş örniga battar kuçayadi.
Şu paytda Valentinning jun materialdan tikilgan maxsus kiyimi ham yona boşlaydi. Şunda u pult orqali dispetçerga yonğin haqida xabar beriş örniga olovni özi öçirişga urinadi. Ammo eplay olmaydi.
Kosmonavt ötirgan maxsus kamerada yonğin sodir bölganini taşqaridagilar öşa zahoti sezişadi. Ammo kamera eşigini oçiş uçun uning içidagi havo bosimini taşqaridagi havo bosimi bilan tenglaştiriş lozim edi. Bu iş yarim soat vaqtni oladi.
Nihoyat eşik oçilib, Bondarenko taşqariga çiqarilganda, tanasi 80 foizga kuygan edi. Vraçlar uning hayotini saqlab qoliş uçun 8 soat kuraşişadi. Ammo 24 yoşli Valentinni qutqarib qolişning iloji bölmaydi.
Keyinçalik ma’lum bölişiça, Bondarenko birinçi bölib fazoga uçişi lozim bölgan. U halok bölgandan söng fazoga Gagarin parvoz qiladi.
Teodor Friman – 1964 yil 31 oktyabr.
Foto: alamy.com
1964 yil 31 oktyabr kuni amerikalik maşhur uçuvçi Friman Teodor Northrop T-38 Talon samolyoti bilan sinov parvozini ötkazadi. U Xyustondagi aviabazaga qaytayotganida samolyotning ikkita dvigateli yonib ketadi.
Friman darhol katapulta qiladi va samolyotdan özini yerga taşlaydi. Biroq yergaça masofa qisqaligi uçun paraşyut oxirigaça oçilmaydi. Oqibatda yerga zarb bilan urilgan Friman halok böladi. Öşanda u 34 yoşda bölgan.
Çarlz Basset va Elliot Si – 1966 yil 28 fevral.
Foto: alamy.com
Çarlz va Elliot astronavtlar röyxatiga kiritilgan, biroq hali parvoz qilişga ulgurişmagan edi. 1966 yil 28 fevral kuni ular T-38 samolyoti bilan sinov parvozini amalga oşirişadi.
Parvoz paytida samolyotda nosozlik kuzatiladi va u Sent-Luis ştatidagi aerodromda, McDonnell korporatsiyasiga tegişli binolardan biriga kelib uriladi. Oqibatda har ikkala astronavt – 35 yoşli Çarlz va 38 yoşli Elliot halok böladi.
Virjil Grissom, Edvaart Uayt va Rojyer Çaffi – 1967 yil 27 yanvar
Foto: alamy.com
1967 yil 21 fevral kuni NASA navbatdagi Apollon-1 kosmik kemasini uç nafar astronavt bilan fazoga uçirişi belgilangandi.
Astronavtlar Virjil Grissom, Edvaart Uayt va Rojyer Çaffi ança avval kosmik markazda parvozga tayyorgarlikni boşlab yuborişadi.
27 yanvar kuni ötkazilgan maşq paytida kosmik kemada yonğin kelib çiqadi. Oqibatda kosmik kema içida bölgan astronavtlar halok bölişadi.
Halokatdan söng ötkazilgan tekşiruvlarda yonğinga kosmik kemadagi simlarda qisqa tutaşuv sabab bölgani aniqlanadi.
Klifton Uilyams – 1967 yil 5 oktyabr
Foto: alamy.com
Klifton Uilyams halok bölgan astronavtlar safiga qöşilsa-da aslida u fazoga parvoz qilmagan. U NASA astronavtlari röyxatiga kiritilgan, fazoga uçiş böyiça tayyorgarlikdan ötgan va parvoz qiliş uçun navbatini kutayotgan edi.
1967 yil 5 oktyabr kuni Klifton T-38 reaktiv samolyoti bilan parvoz qilayotganida muammo kelib çiqadi. Şunda 35 yoşli Klifton özini pastga taşlaydi. Biroq bu uning hayotini saqlab qololmaydi.
Şuningdek, birinçi bölib fazoga parvoz qilgan va kosmik erani boşlab bergan Yuriy Gagarin 1968 yil 27 mart kuni yangi MiG samolyotlaridan birini sinovdan ötkaziş çoğida halokatga uçraydi va vafot etadi.