09:18 / 25.07.2021
12652
Tokio-2020. Taekvondo. Ulug‘bek Rashidov koreyalik 3 karra jahon chempionini turnirdan chiqarib yubordi
Foto: Getty Images

Olimpiya o‘yinlaridan o‘rin olgan taekvondo sport turida 2-bosqich bahslari boshlandi. 

-68 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashidov ikkinchi bahsda sensatsion tarzda koreyalik 3 karra jahon chempioni, ushbu vaznning birinchi raqamli vakili Li De Hunni qo‘shimcha bo‘limlardagi oltin ochko evaziga 21:19 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Rashidov ilk bosqichda malilik Seydu Fofanadan (38:17) ustun kelgandi.

Ma'lumot uchun, Ulug‘bek turnirga 17-raqam ostida saralangandi.

Top