12:00 / 26.07.2021
5115
Namuna Development kompaniyasidan yangi taklif – foydali KeShBEK aksiyasi!

NUR turar joy majmuasidagi kelajakdagi xonadonlarning egalari Texnomart do‘konlari tarmog‘ida sarflashlari mumkin bo‘lgan Namuna Development kompaniyasidan 4% keshbek olishadi.

Rivojlanayotgan Namuna Development kompaniyasi, qurilish bozorida nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘zini yangi avlod kompaniyasi sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lyapti. Uning «Shaharlar ramzi, hayot tarzi» shiori o‘zi shuni anglatadiki: kompaniya nafaqat binolarni quradi, balki kvartalning tashqi atmosferasini va yangi turmush tarzini yaratadi.

Namuna Development kompaniyasining birinchi loyihasi – bu o‘ziga xos xususiyatlari ko‘p funksiyali, qurilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish va shahar hayoti madaniyatini shakllantirish bo‘lgan NUR turar joy majmuasidir. Ahil qo‘shnilar mavzesini loyihalashtirish va obodonlashtirishda xalqaro hamda mahalliy mutaxassislarning ulkan tajribasidan foydalaniladi.

NUR turar joy majmuasi Toshkent markaziy qismida bo‘lib, uning qulay joylashishi atrofdagi rivojlangan infratuzilma tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatini beradi: ko‘plab ta'lim va tibbiyot muassasalari, Oloy bozori va zamonaviy supermarketlar, banklar va biznes markazlari, shuningdek, yirik bog‘lar – Central Park va Ekopark mavjud. Kvartalni shaharning asosiy magistral yo‘llari bilan bog‘laydigan qulay transport almashinuvini ham ta'kidlash zarur.

Turar joy majmuasi hududi aholining vaqtini samarali o‘tkazish uchun to‘liq jihozlangan bo‘ladi. Hovli turli yoshdagi bolalar uchun to‘rtta o‘yin maydonchasi, uy hayvonlari uchun park, yashil maydon va yurish uchun favvora bilan jihozlangan maydon, shuningdek, faol hayot tarzini sevuvchilar uchun sport maydonchalari va yugurish yo‘lagi bilan jihozlanadi.

NUR turar joy majmuasining barcha binolari VOLLERT kompaniyasining Germaniyaning Motus texnologiyasidan foydalangan holda qurilmoqda. «Sendvich» panellari – o‘zida tayyor beton qismlar ceriyasidan tashkil topgan fasad elementlarini namoyon etadi. Beton plitalarning harakatchanligi Toshkentga xos bo‘lgan seysmik silkinishlar paytida aholining butun hudud bo‘ylab xavfsizligini kafolatlaydi.

30 ta uyga birlashtirilgan 932 ta xonadon har bir oila uchun hayotning eng yaxshi ko‘rinishini taqdim etish maqsadida yaratilgan. NUR turar joy majmuasining asosiy xususiyati – bu barcha xonadonlar tayyor ta'mirlangan holatda topshiriladi. Ahil qo‘shnilar mavzesi bo‘sh joyni aholining ehtiyojlari va istaklariga mos ravishda taqsimlash va moslashtirish bilan turli xil maketlarni taklif etadi. Ikki, uch, to‘rt xonali xonadonlar orasida diqqatga sazovor narsa – bu ikki darajali dupleks xonadon bo‘lib, undan poytaxtning hashamatli qiyofasi ochiladi. Mansard va yashil o‘simliklar bilan to‘ldirilgan ochiq terrasa qulay va dam olish uchun mo‘ljallangan maskan hisoblanadi. Har bir xonadonga o‘rnatilgan Salamander firmasining panoramali oynalari aholiga atrofning go‘zal ko‘rinishini kuzatish uchun noyob imkoniyat beradi. Bunday oynalar tufayli xonadan tashqi muhitni tomosha qilish imkoniyati bo‘ladi va quyosh nurlari barcha xonalarni to‘ldiradi.

Uylarning ichki qismi, uy egalarining farovonligi uchun mo‘ljallangan – bu sizning uyingizda qulay ishlash va dam olishga imkon beradigan ajoyib taklif. Mini-kinoteart, spa-salon, kutubxona, fitnes zali, ofis maydoni, kiber zona, o‘yinchoqlar bilan jihozlangan bolalar xonasi – bularning barchasi o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Aholi turar joyidagi avtoulovlarga alohida e'tibor beriladi. Aholi va ularning mehmonlari mashinalari uchun 300 ta yerosti va 1200 dan ortiq yerosti maydonlari mavjud. NUR turar joy majmuasidagi avtoturargohlar zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va eng muhimi elektr transport vositalari uchun quvvatlovchi jihozlar mavjud.

Namuna Development kompaniyasi KeShBEK aksiyasini o‘tkazmoqda va mijozlarga xonadonlarning umumiy narxining 4% qismini ball ko‘rinishida qaytaradi. 100% to‘lov evaziga xonadonni sotib olgan har bir kishi investitsiya qilingan mablag‘larning bir qismini, ya'ni 4% qismini keshbek ballari ko‘rinishida qaytarib oladi. Siz ularni kelajakdagi uyingiz uchun maishiy texnika va elektronika sotib olish uchun ishlatishingiz mumkin. Barcha mahsulotlar Texnomart do‘konlar tarmog‘i tomonidan taqdim etiladi.

Aksiya 23 iyuldan amal qiladi va faqat 20 xonadonga tegishli!

NUR turar joy majmuasi qurilishi 2023 yil oxiriga rejalashtirilgan. Ayni paytda, har kim o‘zining kelajakdagi uyi atmosferasini his qilish uchun, sotuv ofisga tashrif buyurish orqali amalga oshirishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Lashkarbegi ko‘chasi, 1-bino

Mo‘ljal: «Hamid Olimjon» metro bekati, Xalq banki.

Aloqa markazi: +99878 777 00 77

Sayt: namunadevelopment.uz

Instagram: @namunadevelopment

Facebook: fb.com/namunadevelopment

Telegram: t.me/namunadevelopment

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top