07:47 / 26.07.2021
8111
Toshkentda ko‘p qavatli uyning tomi yonib ketdi

Joriy yil 25 iyul kuni soat 13:48da Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy tom qismining 80 kvadrat metr maydonida yong‘in hodisasi yuzaga kelgan.

Voqea joyiga FVV va Toshkent shahar FVB rahbariyati vakillari chiqqan. Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 14:12da yetib borib, yong‘in soat 14:29da o‘chirilgan. 

Yong‘indan tomning 620 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Ofatni bartaraf etishga 5ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2ta avtonarvon jalb etilgan. 

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top