22:46 / 05.08.2021
17911

AQShda yong‘in butun boshli shaharni yo‘q qildi

Anomal issiq, qurg‘oqchilik va kuchli shamollar oqibatida Grinvill shahri olov iskanjasida qoldi. Yong‘in shaharning deyarli butun markaziy qismini yer bilan tekislab tashladi.

Foto: AP

Qariyb uch hafta davom etgan yong‘indan so‘ng Shimoliy Kaliforniyadagi Grinvill shahri vayron bo‘ldi, deb xabar berdi Associated Press.

Anomal issiq, qurg‘oqchilik va kuchli shamollar oqibatida shahar olov iskanjasida qoldi.

Yong‘in shaharning deyarli butun markaziy qismini yer bilan tekislab tashladi.

Zarar miqdori hozircha aniq emas, chunki olov tarqalishini to‘xtatib bo‘lmayapti. 

«Bugun tunda Grinvillni yo‘qotdik. Boshqa gapim yo‘q», — dedi okrugning kongress quyi palatasidagi vakili Dug laMalfa.

Top