Sankt-Peterburgning Admiralteysk rayoni ma’muriyati Podolskaya köçasidagi uyda çiqqan yonğin vaqtida bir neça kişini qutqarib qolgan özbekistonlik işçiga (dvornik) minnatdorçilik bildirdi. Bu haqda rayon rahbari Sergey Overçuk «VKontakte»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Xabarda aniqlik kiritilişiça, köça tozalovçi işçiga «yoş admiralteysklik» tomonidan Olimjon uçun maxsus çizilgan, rayon manzarasi aks etgan kartina sovğa qilingan. 

«Admiralteysk rayoni öt öçiriş xizmati qismida rayon rahbari Sergey Overçuk yonayotgan uydan odamlarni qutqargan dvornikka minnatdorçilik bildirdi. Dvornik Olimjon Ibragimov uylardan birining derazasidan çiqayotgan olovni körgan va öt öçiruvçilarni çaqirgan. Uning özi drenaj trubasi böylab karnizga kötarilgan va ayollar u yerda turişiga, keyin öt öçiruvçilar zinapoyasi böylab tuşişiga yordam bergan», – deyiladi rayon ma’muriyati matbuot xizmati xabarida.

Overçuk öz sahifasida joylaştirgan suratlarda Ibrohimovga faxriy yorliq hamda iş kiyimi ham berilganini köriş mumkin.

«Yordam beriş burçimiz»

Mahalliy «Fontanka» naşri 48 yoşli Olimjon Ibrohimovdan intervyu olgan. U öz vaqtida Farğonada havo-desant qöşinlarida xizmat qilganini bildirgan.

«Biz har kuni, tom ma’noda bir neça soatdan maşq qilardik. Misol uçun, bir qöl bilan uşlab, yettinçi yoki hatto töqqizinçi qavatga kötariliş va keyin pastga tuşiş kerak bölardi. Men 15 yil xizmat qildim, bu menga qiyin emasdi, yoqardi. Şu vaqt mobaynida boks böyiça sport ustasi ham böldim», – deydi u.

U qizini turmuşga bergaç, yetti yil oldin xotini bilan iş izlab Rossiyaga kelganini aytgan. Ayni vaqtda xotini va qizi ham u bilan bitta brigadada köça tozalovçisi bölib işlamoqda.

Uning aytişiça, bu birinçi bor odamlarni qutqarişi emas. Vereyskaya köçasida bir yildan köproq vaqt oldin röy bergan yonğinda bir ayolni qutqarib qolgan. Öşanda unga faxriy yorliq berişgandi.

«Yordam beriş bizning burçimiz, Xudo hammani körib turadi… Biz bu yerda odamlarga tez-tez yordam beramiz… Hammamiz tuşunamizki, biz odamlarmiz va bir-birimizga yordam berişimiz kerak», – degan u.

U işi qançalik öziga yoqişi va maoşi haqida söralganida bundan şikoyat qilmasligini aytgan.
 
«Migrantlar hamma joyda şunday iş qilişadi. Maoşimiz kam, lekin bir-birimizga yordam beramiz. Biz mehnatkaşmiz. Oyiga 45 ming [rubl] olaman, 10 mingi patent va röyxatdan ötiş uçun sarflanadi va yana 10 mingni uy uçun tölayman. 25 ming yaşaşimiz uçun qoladi. Bu normal — bu pulga yaşaş mumkin», – degan u.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining aksari odamlarning hayotini saqlab qolgan qahramon yetarliça taqdirlanmaganini aytib, uning uçun xayriya yiğişni taklif qilişgan.

  • Admiralteysk rayoni Podolskaya köçasi, 39-uydagi yonğin 25 aprel kuni ertalab soat 06:30 da röy bergandi — olov binoning ikkinçi va uçinçi qavatlariga tarqalgan. Olimjon Ibrohimov yonğin paytida fasaddagi trubadan uçinçi qavatga kötarilib, bir neça kişini qutqarib qolgan. Guvohlar tomonidan olingan videoda u odamlarni avvaliga yonğindan karnizga olib çiqqani, şundan söng ular Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv zinapoyasidan pastga tuşişga muvaffaq bölganini köriş mumkin. Beş qavatli binodan jami 10 kişi evakuatsiya qilingan, yonğinni öçirişga beşta öt öçiriş maşinasi hamda 22 nafar qutqaruvçi jalb etilgan.