15:58 / 06.08.2021
47511
Xiaomi ilk bor smartfon sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

Kompaniya Xitoy, Yevropa, Afrika hamda Yaqin Sharq bozorlarini egallagan.

Foto: Bloomberg

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi iyun oyida ilk bor smartfon sotish bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi. Bu haqda Counterpoint tadqiqot kompaniyasi xabar berdi.

Xiaomi smartfonlari sotuvi o‘tgan oydagiga nisbatan 26 foizga o‘sdi. Natijada kompaniyaning dunyo smartfon savdosidagi ulushi 17,1 foizni tashkil etdi. 

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 15,7 foiz ulush bilan ikkinchi, Apple 14,3 foiz ulush bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

«Huawei sotuvi pasayishi bilan Xiaomi bu bo‘shliqni egallashga qat'iy harakat qildi», — dedi Counterpoint tadqiqotlar bo‘yicha direktori Tarun Patxak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Xitoy, Yevropa, Afrika hamda Yaqin Sharq bozorlarini egallagan.

Xiaomi ikkinchi chorakda smartfon sotuvi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallagandi.

Mavzuga oid
Top