07:16 / 19.08.2021
57940

Afg‘onistondagi 20 yillik urush qurbonlari soni ma'lum qilindi 

2021 yil aprel holatiga ko‘ra, Afg‘onistonda oxirgi 20 yil davom etgan urush vaqtida 241 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Bunday ma'lumotlarni Uotson jamoatchilik va xalqaro masalalar instituti e'lon qildi. Ushbu statistikada “Tolibon” 2021 yil bahorda o‘z hujumlarini boshlagandan keyingi qurbonlar hisobga olinmagan.

“2001 yildan beri Afg‘oniston va Pokistondagi jangovar harakatlar hududida 241 mingga yaqin odam o‘ldirilgan. Ulardan 71 mingdan ko‘prog‘i tinch aholi bo‘lgan”, deb aytilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, jangovar harakatlar to‘xtagan kezlarda ham portlamay qolgan o‘q-dorilar va minalar sababli odamlar o‘lishi, jarohatlanishi va majruh bo‘lishi davom etgan.

Afg‘onistonda 2001 yildan avvalgi urush va ixtiloflar afg‘on xalqini joriy urush oqibatlari oldida juda zaiflashtirdi. Ushbu urush oqibatlari toza ichimlik suvi yetishmasligi, noto‘g‘ri ovqatlanish va tibbiy yordam kamaygani sababli yuqori kasallik darajasini o‘z ichiga oladi. Barvaqt o‘lim bilan bog‘liq deyarli barcha omillar – nochorlik, to‘yib ovqat yemaslik, yomon sanitar sharoitlar, tibbiy yordam ololmaslik, atrof-muhit holatining yomonlashishi joriy urush bilan yanada kuchaydi. 

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top