10:43 / 19.08.2021
3966

Ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlarni o‘z vaqtida e'lon qilmagan qator mahalliy davlat hokimiyati organlari ogohlantirildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy budjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi hamda mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirilganini monitoring qildi. 

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Namangan viloyati hokimligi tomonidan 2021 yilning 1-yarim yilligida mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari, xususan budjet mablag‘larining viloyat, shahar va tumanlar hamda sohalar kesimida sarflanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar to‘liq ochiqlangan va farmon ijrosi ta'minlangani aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 2021 yilning 1-yarim yillikda mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risidagi ma'lumotlar qisman ochiqlangani (xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani) aniqlandi.

Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari tomonidan farmon ijrosi umuman bajarilmagani aniqlanib, agentlik tomonidan belgilangan tartibda ogohlantirildi.

Top