Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atmosfera ifloslanishini monitoring qilish uchun 347 ta avtomatlashgan kichik stansiya o‘rnatiladi
Kichik stansiyalar ma’lumotlari rasmiy veb-saytlarda real vaqt rejimida muntazam yangilab boriladi.
2023 yil 1 dekabrga qadar O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini amalga oshirish uchun 347 ta avtomatlashgan kichik stansiya o‘rnatiladi.
Bu «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
Kichik stansiyalar Ekologiya vazirligi tomonidan tasdiqlangan texnik talablar va hududlarga joylashtirish xaritalari asosida Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan o‘rnatiladi.
Shuningdek, kichik stansiyalarini joylashtirishda tuman va shaharlarning geografik joylashuvi, iqlim ko‘rsatkichlari hamda sanoatlashuvi inobatga olinadi.
2024 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida o‘rnatiladigan avtomatlashgan kichik stansiyalar ma’lumotlari yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish orqali vizuallashtirilib, rasmiy veb-saytlarda real vaqt rejimida muntazam yangilab boriladi.
Mavzuga oid
15:18 / 21.02.2026
Vasiylar faoliyati ustidan monitoring kuchaytiriladi - qaror loyihasi
10:52 / 04.02.2026
Dron va yonkamerali tekshiruvlar: suvdan foydalanish monitoringi kuchaytiriladi
09:05 / 01.11.2025
Monitoring natijasi: elektr va gaz bo‘yicha noreal qarzlar tugatildi
19:02 / 23.10.2025