08:12 / 20.08.2021
2738
Tibbiy yordam ko‘rsatishda davolash muassasalarida nimalar bo‘lishi kerakligi aniqlashtirildi

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Hujjat Prezidentning 2021 yil 5 maydagi PF-6221-son "Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq qabul qilingan.

Birinchidan, "mobil tibbiyot" shaklida tibbiy xizmat ko‘rsatishda maxsus avtotransport vositasi (tirkama)ga qo‘yiladigan talablar kiritildi. Jumladan, u tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnika bilan jihozlangan bo‘lishi shart.

Ikkinchidan, konsultatsiya, diagnostika, konservativ davolashdan iborat bo‘lgan ambulator va statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida bo‘lishi lozim zarur vositalar va asbob-uskunalar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu:

  • dermatoskop yorug‘lik osti lupasi (dermatovenerologiya uchun);
  • shirma (dermatovenerologiya uchun);
  • shilliq qavatni ko‘rish uchun fonarikli ruchka (dermatovenerologiya uchun).

Shuningdek, statsionar tipdagi davolash muassasasi ginekologik kreslo, Vuda lampasi (dermatovenerologiya uchun)ga ega bo‘lishi kerak.

Uchinchidan, o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat "tibbiy punkt" bo‘yicha 304-bob kiritildi. Masalan, ambulator tipdagi tibbiy punkt, boshqalar qatorida, quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:

  • tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
  • o‘rta tibbiyot xodimlari uchun ish stoli;
  • stullar;
  • kushetka;
  • shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga mo‘ljallangan) kamida 2 dona, sovitkich va boshqalar.

Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan. Hujjat 11.11.2021 yildan kuchga kiradi.

Top