Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu ro‘yxatda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida (jumladan, tug‘uruq majmualarida) ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari belgilandi.
Ushbu hujjat qabul qilinishi natijasida fuqarolarga ro‘yxatda nazarda tutilgan tibbiy yordamni davlat hisobidan olish imkonini beradi.
Xususan, ro‘yxatda quyidagilar nazarda tutilgan:
- tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari (masalan, Haj va Umra ziyoratiga boradigan shaxslarni ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari va boshqa kasalliklarni aniqlash yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek emlash, hayotga xavf soladigan holatlarda (asfiksiya, yurak to‘xtashi, anafilaktik shok va boshqalar) tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktik ko‘riklar va skrining tekshiruvlari);
- tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilgan tashxislar (masalan, yurakning gipertenziv kasalligi, yurak surunkali ishemik kasalligi, oshqozon yara kasalligi, o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, jigar sirrozi);
- dori vositalari va tibbiy buyumlar (masalan, analeptiklar, balg‘am ko‘chiruvchi vositalar, antidepressantlar, tibbiy bintlar, tibbiyot pipetkalari, qo‘lqoplar).
Qayd qilinishicha, Konstitutsiyasining 48-moddasida har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekani va fuqarolar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli ekani belgilangan.
Mavzuga oid
16:25 / 29.06.2026
1 iyuldan xususiy kompaniyalarda ham kasallik nafaqasi davlat tomonidan to‘lab beriladi
11:00 / 27.06.2026
Tibbiyot muassasalariga ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
10:45 / 26.06.2026
Noinfeksion kasalliklarga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etiladi
12:53 / 24.06.2026