23:35 / 26.08.2021
8863

Bayden Kobuldagi portlashlar tufayli Isroil bosh vaziri bilan uchrashuvni kechiktirdi

Foto: EPA

AQSh prezidenti Jo Bayden Kobuldagi portlashlar tufayli Isroil bosh vaziri Naftali Bennet bilan AQSh poytaxtida o‘tkaziladigan muzokaralarni noma'lum muddatga qoldirdi. Bu haqda Axios axborot agentligi xabar berdi.

Agentlikning ta'kidlashicha, Oq uy Isroil bosh vaziridan AQSh yetakchisi bilan uchrashishi kelishilgan Vashington mehmonxonasidan chiqmaslikni so‘ragan. AQSh prezidenti hali ham Afg‘oniston poytaxti atrofidagi portlashlar borasida Oq uyda maslahatlashuvlarni davom ettirmoqda.

Top