19:44 / 01.09.2021
9066
KXDR 2,7 mln doza koronavirusga qarshi vaksinani qabul qilishdan bosh tortdi

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rad etish sababini global vaksina yetkazib berishdagi muammolar va boshqa mamlakatlarda kasallik avj olayotgani bilan izohlagan.

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya hukumati Xitoyning Sinovac kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinani qabul qilishdan bosh tortdi. KXDR vaksinani pandemiyadan ko‘proq aziyat chekayotgan mamlakatlarga jo‘natishni tavsiya qilgan. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi COVAX tashabbusi doirasida taklif etilgan 2,7 mln doza Sinovac preparatini qabul qilishni rad etgan.

Vazirlik rad etish sababini global vaksina yetkazib berishdagi muammolar va boshqa mamlakatlarda kasallik avj olayotgani bilan izohlagan.

Iyulda Shimoliy Koreya nojo‘ya ta'sirlardan xavfsirab AstraZeneca vaksinasini olishni rad etgandi.

Mavzuga oid
Top