09:10 / 01.09.2021
432
Qarshi shahar jamoat transportida yo‘lkirani elektron tarzda to‘lash imkoniyati joriy qilindi

Mustaqillik bayrami arafasida Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan jamoat transportlarida yo‘lkirani elektron tarzda to‘lash imkoniyati joriy qilingan. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Mustaqillik bayrami arafasida Qarshi shahar jamoat transportida muhim yangilikka qo‘l urilgan. Shahar bo‘ylab turli yo‘nalishlarda qatnovchi barcha avtobuslar elektron to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi maxsus moslamalar – validatorlar bilan jihozlangan.

Endilikda yo‘lovchilar maxsus transport kartasi yoki «Humo» plastik kartasi orqali yo‘lkira to‘lovini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Buning uchun kartani maxsus moslamaga tekkizish kifoya. Mazkur to‘lov turi yo‘lovchilar uchun juda ham qulay hisoblanadi.

Top