20:06 / 02.09.2021
12763
Rossiya Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natishi ma'lum qilindi

24 avgust kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Afg‘onistonga gumanitar yordam sifatida 100 mln yevro, keyinroq yana 500 mln yevro ajratilishini ma'lum qilgandi. 

Foto: Getty Images

Rossiya Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.

«Biz xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonda gumanitar inqiroz yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz. O‘z tomonimizdan Kobulga gumanitar yordam jo‘natish imkoniyatini ishlab chiqmoqdamiz», — dedi Zaxarova.

Uning qayd etishicha, Kobul va Afg‘onistonning yirik shaharlarida birinchi ehtiyoj mahsulotlari, oziq-ovqat va yonilg‘i narxlari oshib borayotgani sababli toliblar siyosatiga nisbatan noroziliklar kelib chiqmoqda.

24 avgust kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Afg‘onistonga gumanitar yordam sifatida 100 mln yevro, keyinroq yana 500 mln yevro ajratilishini ma'lum qilgandi. 

Toliblar 15 avgust kuni Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi. Hozirda birgina Panjsher viloyati harakat nazorati ostida emas.

Mavzuga oid
Top