11:38 / 07.09.2021
1195
Guliston shahrida odam savdosi bilan bog‘liq jinoiy harakatning oldi olindi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida odam savdosi bilan bog‘liq jinoiy harakatning oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.O‘. Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan tanishi F.N. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro N.ni Rossiya Federatsiyasiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natishga kelishib, unga «Toshkent-Domodedovo» yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilib, Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top