Navoiy viloyatida 4 oylik farzandini sotişga uringan ayolga sud hukmi öqildi. Bu haqda «Yoşlar» telekanalida lavha berildi.

Qayd etilişiça, Samarqand viloyati, Paxtaçi tumanida tuğilgan 27 yoşli ayol 2016 yilda şar’iy nikoh öqitib, turmuş qurgan. 2021 yilda birinçi farzandi tuğilgan. Tönğiç farzandi bir yoşga tölmasidan ayol ikkinçi bolasini dunyoga keltirgan. Ammo ota-ona uni boqişni istamay, öz xohişi bilan undan voz keçişga qaror qilib, Paxtaçi tumani hokimligiga murojaat qilgan. Natijada çaqaloq vasiylik organi orqali farzandsiz oila qaramoğiga topşirilgan.

Oradan ikki yil ötib, ayol uçinçi farzandiga homilador bölgani bois er-xotin örtasiga janjal çiqqan. Er tomonidan kaltaklangan ayol bir oylik homilasi bilan uydan çiqib ketgan. Navoiy şahridagi ijara uyda yaşab kelgan ayol 2023 yil 7 iyulda qiz farzandini dunyoga keltirgan va unga xaridor izlay boşlagan. Noyabr oyida ayol 4 oylik çaqaloğini Karmana tuman tibbiyot birlaşmasi hovlisida şartli xaridorga 10 million sömga sotayotgan vaqtida qölga olingan.

Jinoyat işlari böyiça Uçquduq tuman sudida muqaddam sudlangan ayolga oid jinoyat işi körib çiqilib, Jinoyat kodeksining 135-moddasida (odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.