15:28 / 07.09.2021
9918
Toliblar Kobuldagi namoyishni tarqatish uchun havoga o‘q uzishdi – OAV

Kabul News telekanalining ma'lumot berishicha, norozilik namoyishlari Pokiston idoralararo razvedkasi boshlig‘i general-leytenant Foiz Hamidning Kobulga tashrifi fonida bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: AFP

“Tolibon” harakati Kobuldagi namoyishni tarqatish uchun havoga o‘q uzdi. Bu haqda Agence France-Presse agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 70 nafarga yaqin odam “Pokistonga qarshi shiorlar yozilgan plakatlar bilan” Pokistonning Kobuldagi elchixonasi oldida yig‘ilgan.

Ta'kidlanishicha, “toliblar Pokistonning Afg‘oniston ishlariga aralashishini qoralab namoyish o‘tkazayotganlarni tarqatish uchun bir necha marta havoga o‘q uzgan”.

Kabul News telekanalining ma'lumot berishicha, norozilik namoyishlari Pokiston idoralararo razvedkasi boshlig‘i general-leytenant Foiz Hamidning Kobulga tashrifi fonida bo‘lib o‘tmoqda. 

Herat Times gazetasining yozishicha, namoyishlar Kobuldan tashqari G‘azni, Hirot va Mozori Sharif shaharlarida ham o‘tkazilgan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top