15:30 / 14.09.2021
5403
Toshkent davlat stomatologiya instituti xodimlari Koreyaning nufuzli Yonsei universitetida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi

​Toshkent davlat stomatologiya instituti so‘nggi yillarda dunyoning bir qator yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatib, 120 dan ortiq memorandum imzoladi. Bugungi kunda ushbu hamkorlik doirasida dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, Germaniyaning Technische Universitat Dresden universiteti, Gollandiyaning ASTA university universiteti, Koreyaning Yonsei universitetlarida institut xodimlari doktorlik dissertatsiyalarini olib bormoqda.

Mazkur hamkorliklar doirasida joriy yilda ham Toshkent davlat stomatologiya instituti xodimi, stomatolog olim Rustam Rashidov Koreyaning Yonsei universitetida “Lab va tanglay kemtigi bilan kasallangan bemorlarda irsiy shikastlanishni umumiy ekzon sekvensing usuli va bioinformatika orqali aniqlash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Aytish lozim, bu yo‘nalish nihoyatda dolzarb va muhim hisoblanadi.

Ma'lumot o‘rnida keltiradigan bo‘lsak, Koreyaning Yonsei universiteti dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingi yuztaligida 85 o‘rindan joy olgan bo‘lib, Koreyada ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu oliygoh 1885 yilda tashkil etilgan. Koreyaning Yonsei universiteti qariyb 132 yil davomida jahon tibbiyot olamiga minglab olimlarni yetishtirib beruvchi ilm maskani hisoblanadi.

Hamkasbimiz Rustam Rashidov 2014-2016 yillar davomida Toshkent davlat stomatologiya institutining Ortopedik stomatologiya yo‘nalishida magistraturani tamomlagan.

Shuningdek, Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan biri yurt ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladigan, aql-idrokli, qobiliyatli yoshlarni tayyorlashdan iborat.

Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati

Mavzuga oid
Top