Toşkent davlat stomatologiya institutida «Talabalikka bağişlov» tadbiri bölib ötdi. Unda  institutning 1-kurs talabalari qasamyod keltirdi. Oliygoh matbuot xizmati KUN.UZ'ga şu haqida xabar berdi. 

Foto: Toşkent davlat stomatologiya instituti
Foto: Toşkent davlat stomatologiya instituti

Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 4 iyundagi “2018/2019 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş töğrisida”gi qaroriga muvofiq, yurtimizdagi qator tibbiyot oliy öquv yurtlari qatori Toşkent davlat stomatologiya institutiga ham stomatologiya va bolalar stomatologiyasi yönalişlarida davlat grantlari asosida bakalavriat yönalişi böyiça malakali mutaxassislarni tayyorlaş maqsadida 65 ta maqsadli qabul qvota ajratildi. 

Test sinovlari natijasida 2018/2019 öquv yilida 1-kursga 357 nafar talaba qabul qilindi. Institutda ayni paytda 1700 nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Ularning puxta bilim olişi uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan. 

Foto: Toşkent davlat stomatologiya instituti

Toşkent şahridagi 4-stomatologiya poliklinikasi va klinik şifoxonalar hamda 20 dan ziyod yirik xususiy stomatologiya poliklinikasida klinik bazalar taşkil etilib, öquv jarayonlari olib borilmoqda. 

Foto: Toşkent davlat stomatologiya instituti

Şu bilan birga, zamonaviy simulyatsion markaz taşkil qilinib, ular zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan. 

Bundan taşqari, institutda 2017/2018 öquv yilidan boşlab fakultetlarning barça kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida öqitiş yölga qöyilgan. Institut tomonidan sönggi  uç yil mobaynida xorijiy mamlakatlarning 50 ga yaqin nufuzli oliy ta'lim muassasalari va kompaniyalari bilan özaro hamkorlik böyiça memorandumlar imzolangani ham diqqatga sazovordir.