12:31 / 18.09.2021
3057
XTV ayrim maktablarda darsliklar yetishmovchiligi kuzatilishi mumkinligini ma'lum qildi

Yangi o‘quv yili boshida ayrim o‘quvchilarning maktabdan maktabga o‘tishi, jumladan ta'lim tilini o‘zgartirishi natijasida ba'zi maktablarda darsliklarning yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joylardagi bunday muammolarni o‘sha maktab rahbariyati hamda hududiy xalq ta'limi bo‘limi va boshqarmalari hududdagi kitob ortiqcha bo‘lgan boshqa maktablardan kitob yetishmayotgan maktablarga o‘tkazish orqali zudlik bilan hal etish choralarini ko‘rishi belgilangan.  

“Agar murojaatingiz ijobiy hal etilmasa va darslik yetib bormasa Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan maxsus telegram-bot (@uzedudarslik_bot) orqali siz darslik bilan yuzaga kelgan muammo bo‘yicha aniq ma'lumotni yuborishingiz mumkin bo‘ladi”, deyiladi ma'lumotda. 

Bildirilishicha, vazirlik har bir murojaatni nazoratga oladi va zarur kitobni qo‘shni maktab, tuman va kerak bo‘lsa viloyatdan yetkazilishini nazoratga oladi.

Shu bilan birgalikda, barcha darsliklarning elektron versiyalarini ushbu havola orqali yuklab olish (https://dr.rtm.uz/barcha-darsliklar/) mumkinligi ma'lum qilingan.

Top