Ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari uchun 4K modelini qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Kurs davomida darslik mualliflari va respublika trenerlari ishtirokchilarga o‘qitishning 4K modeli va uni boshlang‘ich sinflarda qo‘llash, o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik yechimlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tib, tajriba almashishmoqda.

Ushbu kursda malaka oshirgan Pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari bo‘lajak o‘qituvchilarining yangi darsliklardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini talabalik paytidanoq oshirib boradi.








