19:38 / 22.09.2021
21361
Buxoroda mudofaa bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Qorako‘l tumani mudofaa bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 1976 yilda tug‘ilgan Y.O. o‘zga bir fuqaroni aldab, uni viloyat mudofaa boshqarmasi safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘limi noziri vazifasiga ishga joylashtirganligi uchun tamagirlik qilgan. U o‘zining yashash xonadonida fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSh dollari va 12 bosh kurka bolasini pora tariqasida olgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoro viloyatidagi «Qorako‘l» bojxona posti katta inspektori xorijiy tadbirkordan 800 AQSh dollari so‘rab, bir qismini olgan paytda ushlangandi.

Top