Qaşqadaryo viloyati Kökdala tumani hokimining örinbosari plyonka mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan xususiy korxonani «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida mahalliy dehqonlarga plyonka yetkazib beruvçi ta’minotçi korxona sifatida tayinlaş evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilgan.
U söralgan pul hisobidan 15 mln söm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi (video).
Tergovga qadar tekşiruv davomida hokim örinbosari özining qöştirnoq içidagi xolis yordami evaziga avval 10 mln söm olgani ham ma’lum böldi.
U muqaddam JK 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan sudlangan bölsa-da, öz xatosidan töğri xulosa çiqarmagan.
Andijon şahrida kuzatilgan holatda yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJ rahbari mahalliy fuqaro işonçiga kirib, öz mansabdor tanişlari orqali uning nomiga mas’uliyati çeklangan jamiyat taşkil etib, «Eski şahar – Oltinköl» yönalişida yölovçi taşiş böyiça aholiga pullik xizmat körsatiş uçun ötkazilişi rejalaştirilgan tenderda ğoliblikni qölga kiritib beriş evaziga 7500 AQŞ dollari talab qiladi.
DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u söralgan pul mablağini olgan vaqtida uşlandi.

Tergovga qadar tekşiruv davomida Andijon viloyati transport boşqarmasi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi mansabdor şaxsning uşbu noqonuniy işga aloqadorligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda uşlandi. Mazkur şaxs ham muqaddam sudlangani ma’lum bölgan.
Majburiy ijro byurosining Toşkent şahar boşqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati iş yurituvidagi parrandaçilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln 108 ming 629 AQŞ dollari va 265 ming 187 yevro miqdoridagi qarzdorlikni undiriş töğrisidagi ijro işi yuzasidan, korxonaga tegişli köçmas mulklarni baholaş işlari uçun belgilangan xizmat haqini turli vajlar bilan baholaş firmasi foydasiga oşirilgan narxda körsatib, bank tomonidan baholaş firmasi hisobiga ötkazilgan ortiqça pul mablağidan özining uluşi sifatida 2500 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan uşlandi.













