21:21 / 24.09.2021
21974

Futzal. O‘zbekiston Eronga 8ta gol urib, JChni qahramonlarcha tark etdi

Litvada o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionati 1/8 finalida O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyoda tengsiz sanalgan Eron bilan murosasiz bahs yuritdi.

Tengma-teng kurashlar ostida kechgan o‘yinda aniqlik va tajriba borasida ustun bo‘lgan forslar 9:8 hisobida g‘alaba qozonib, chorakfinalga yo‘l olishdi.

O‘z tarixida ikkinchi bor mundialda qatnashib, ilk marta pley-offda o‘ynagan O‘zbekiston turnirni qahramonlarcha tark etdi.

Futzal. JCh. 1/8 final
O‘zbekiston — Eron 8:9
24 sentabr. Litva. «Avia Grupp Arena»

Gollar: Husniddin Nishonov (9, 33), Dilshod Rahmatov (17), Ixtiyor Ropiyev (18), Anasxon Rahmatov (26, 39), Ilhom Hamroyev (30, 40) — Ali Hasanzoda (1, 28), Mahdi Javid (5, 25), Ahmad Abbosi (16, 22, 36), Farhod Tavakkoli (18), Muslim Oladgobad (30).
O‘zbekiston — Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nishonov, Ilhom Hamroyev, Davron Choriyev, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Sunnatilla Jo‘rayev, Xushnur Erkinov, Muzaffar Ahadjonov, Dilshod Rahmatov, Rustam Umarov, Abbos Elmurodov.

Top