08:29 / 25.09.2021
5902
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga qabul kvotalari 3600 taga oshirildi 

2022 yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga qabul kvotalari 3600 taga oshirildi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, sun'iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi, jumladan, tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 14 ta. Shundan, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt ixtisosligi bo‘yicha 4 ta tayanch doktoranturaga, 6 ta stajyor-tadqiqotchilikka maqsadli kvotalar ajratildi.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning yetakchi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlarida 2022 yilda maqsadli doktoranturaga jami 67 ta qabul kvota ajratildi.

Top