21:01 / 29.09.2021
6759
«MYu» Yevropa ligasi finalidagi mag‘lubiyat uchun revansh ilinjida, «Yuventus» «Chelsi»ga qarshi. YeChL 2-tur anonsi

Bugun, 29 sentabr chorshanba oqshomida Yevropa Chempionlar ligasi 2-turi doirasidan o‘rin olgan so‘nggi to‘rt guruhda 8ta uchrashuv o‘tkaziladi.  

Kechaning asosiy to‘qnashuvi Turinda «Yuventus» hamda musobaqaning amaldagi g‘olibi «Chelsi» o‘rtasida o‘tadi. Jarohatlar girdobidagi Massimiliano Allegri Tomas Tuxel jamoasini to‘xtatishga urinadi.  

O‘tgan turda «Yang Boyz» bilan bahsda sensatsion mag‘lubiyatga uchragan «Manchester Yunayted» esa bu turda «Vilyarreal»ni qabul qiladi. «Old Trafford»dagi uchrashuvda Sulsher shogirdlari o‘tgan mavsum Yevropa ligasi finalida penaltilar seriyasida uchralgan mag‘lubiyat uchun raqibdan o‘ch olish imkoniyatiga ega. Qizig‘i, bungacha bu jamoalarning yevrokuboklardagi o‘zaro 4ta o‘yinida ham hisob ochilmagan – 0:0. Tomonlar bu an'ana davom etishini istamasliklari aniq.  

Chorshanba kungi o‘yinlar anonsi va taxminiy tarkiblar bilan tanishing:

YeChL. 2-tur. 29 sentabr (chorshanba)

«E» guruhi

«Bavariya» - «Dinamo» Kiyev

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

«Bavariya»: Noyyer; Pavar, Zyule, Ernandes, Devis; Kimmix, Goretska; Gnabri, Myuller, Sane; Levandovski

O‘ynamaydi: Ulrayx (jarohat), Tolisso (jarohat)

So‘roq ostida: Koman (betob)

«Dinamo» K: Bushan; Kendzera, Zabarniy, Sirota, Mikolenko; Sidorchuk, Shaparenko; Tsigankov, Garmash, de Pena; Supryaga

O‘ynamaydi: Besedin (jarohat), Kulach (noma'lum), Ramires (betob), Buyalskiy (noma'lum) 

«Benfika» - «Barselona»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

«Benfika»: Vlaxodimos; Verissimo, Otamendi, Vertongen; Lazaro, Vaygl, Joau Mariu, Grimaldo, Darvin; Yaremchuk, Rafa Silva

O‘ynamaydi: Diogu Gonsalvesh (jarohat)

«Barselona»: ter Stegen; Mingesa, Arauxo, Pike, Dest; F. de Yong, Buskets; Gavi, Pedri, Depay; L. de Yong

O‘ynamaydi: Breytveyt (jarohat), Dembele (jarohat), Aguero (jarohat), Alba (jarohat), Balde (jarohat)

So‘roq ostida: Pedri (jarohat) 

«F» guruhi

«Atalanta» - «Yang Boyz»

O‘yin boshlanish vaqti: 21:45

«Atalanta»: Musso; Toloy, Demiral, Jimshiti; Dzappakosta, Froyler, de Roon, Gozens; Pessina; Malinovskiy, Sapata

O‘ynamaydi: Xatebur (jarohat)

So‘roq ostida: Palomino (jarohat)

«Yang Boyz»: fon Ballmos; Xefti, Kamara, Lauper, Garsiya; Serro, Martins, Ebisher; Ngamale, Sibacho, Elia

O‘ynamaydi: Lustenberger (jarohat), Nsame (jarohat), Mayyer (jarohat), Monteyru (jarohat)

So‘roq ostida: Tseziger (jarohat), Fassnaxt (jarohat) 

«Manchester Yunayted» - «Vilyarreal»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: Yoshlar va Match Futbol3

«MYu»: de Xea; Dalot, Varan, Lindelef, Aleks Telles; Fred, Maktominey; Pogba, Brunu Fernandesh, Grinvud; Ronaldu

O‘ynamaydi: Uan-Bissaka (diskvalifikatsiya), Reshford (tiklanish jarayoni), Diallo (jarohat), Maguayr (jarohat)

So‘roq ostida: Shou (jarohat)

«Vilyarreal»: Ruli; Foyt, Albiol, Torres, Alberto Moreno; Trigeros, Kapu, Parexo; Pino, Alkaser, Danjuma

O‘ynamaydi: Jyerar Moreno (jarohat)

So‘roq ostida: Raba (jarohat), Chukvueze (jarohat)

«G» guruhi

«Volfsburg» - «Sevilya»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

«Volfsburg»: Kasteyels; Mbabu, Lakrua, Bornau, Russiyon; Gilyavogi, Arnold; Baku, Filipp, Lyukbakio; Vegxorst

O‘ynamaydi: Bruks (diskvalifikatsiya), Byalek (jarohat), Otavio (jarohat), Shlager (jarohat), Villiam (jarohat)

«Sevilya»: Bunu; Navas, Kunde, Diyego Karlos, Akunya; Jordan, Dileyni, Gomes; Lamela, Mir, Okampos

O‘ynamaydi: An-Nosiri (diskvalifikatsiya)

So‘roq ostida: Torres (noma'lum) 

«Zalsburg» - «Lill»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

«Zalsburg»: Ken; Kristensen, Ongene, Veber, Ulmer; Kamara; Aronson, Suchich, Zayvald; Okafor, Adeyyemi

O‘ynamaydi: Yunuzovich (lat), Pentkovski (jarohat), Sole (jarohat)

«Lill»: Grbich; Zeki Chelik, Fonte, Botman, Reynildu; Vea, Andre, Sheka, Gomes; Devid, Burak Yilmaz

O‘ynamaydi: Bamba (jarohat), Renatu Sanshesh (jarohat), Leo Jardim (jarohat) 

«H» guruhi

«Zenit» - «Malme»

O‘yin boshlanish vaqti: 21:45

«Zenit»: Kritsyuk; Chistyakov, Barrios, Rakitskiy; Sutormin, Kuzyayev, Vendel, Duglas Santos; Klaudino, Dzyuba, Malkom

O‘ynamaydi: Karavayev (jarohat), Ozdoyev (jarohat)

So‘roq ostida: Lovren (jarohat)

«Malme»: Dalin; Larsson, Axmedxodjich, L. Nilsen, Ulsson; Berget, Innosent, Kristiansen, Rakip; Birmanchevich; Cholak

O‘ynamaydi: Toyvonen (jarohat), Knudsen (jarohat), Seydiu (jarohat), Moysander (noma'lum), Beymo (noma'lum), Riks (noma'lum)

So‘roq ostida: Levitski (jarohat), Penya (jarohat) 

«Yuventus» - «Chelsi»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: Sport va MatchTV

«Yuventus»: Shensni; Danilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro; Kuadrado, Bentankur, Lokatelli, Keza; Ken, Kulusevski

O‘ynamaydi: Morata (jarohat), Dibala (jarohat)

So‘roq ostida: Rabo (jarohat)

«Chelsi»: Mendi; Kristensen, Tyago Silva, Ryudiger; Aspilikueta, Kante, Jorjino, Kovachich, Alonso; Havers, Lukaku

O‘ynamaydi: Jyeyms (jarohat)

So‘roq ostida: Pulishich (jarohat), Maunt (noma'lum).

Top