2:3 hisobi 90+10-daqiqada 4:3 ga aylandi!

«Çelsi» — «Mançester Yunayted» 4:3
Gollar: Gallaher (4), Palmer (19 penalti, 90+10 penalti, 90+11) — Garnaço (34, 67), Fernandeş (39).
«Çelsi» – Petroviç, Gyusto (Gilkrist, 75), Disasi (Çaloba, 75), Badiyaşil, Kukurelya, Gallaher (Madueke, 89), Mudrik (Sterling, 71), Fernandes, Palmer, Kaysedo (Çukvuemeka, 71), Jyekson.
«Mançester Yunayted» – Onana, Uan-Bissaka, Varan (Evans, 46; Kambvala, 66), Maguayr, Dalot, Kazemiro (Maktominey, 75), Fernandeş, Maynu, Antoni, Garnaço (Maunt, 86), Hoylund (Reşford, 66).
Ogohlantirişlar: Gyusto (32), Fernandes (35).
Qaçondir bu jamoalar Moskvadagi Çempionlar ligasi finalida öynagan, ammo hozir «Mançester Yunayted» ham, «Çelsi» ham — oqsayotgan grandlar. Ularning ikkisi ham hozirda kuçli beşlikdan taşqarida va keyingi mavsumda Çempionlar ligasida iştirok etişi dargumon. Hozirda ikki jamoa ham yevrokuboklar haqida öylay olmaydi — avvaliga içki muammolar bilan şuğullaniş va barqaror öyinni yölga qöyib oliş talab etiladi.
«Çelsi» ham, «Mançester Yunayted» ham ilk daqiqalardan oçiq futbol namoyiş etişga kirişdi – hujumga hujum bilan javob berildi. Maurisio Poçettino jamoasi tezkor gol urişga muvaffaq böldi. 4-daqiqada maydon markazida Maynu töpni yöqotgaç, mankunianliklarning çap qanotida Palmer va Gyusto katta böşliqqa ega bölişdi.

Golli uzatmadan keyin töp Varan orqali Gallaherga kelib tuşdi va yerlatib aniq zarba yölladi.

«Çelsi» darvoza sohasiga aniq borgan ilk zarbadayoq hisobni oçdi, ikkinçi şunday zarba bilan – ustunlikni oşirdi. Öyinning şu oraliğida londonliklar çindan yaxşiroq edi. Ular töğri himoyalanişdi, pozitsion mudofaadan pressingga ötişdi, xavfli qarşi hujumlar uyuştirişdi, standart vaziyatlar ham xavfli çiqdi. 18-daqiqada esa mezbonlarning tezkor qarşi hujumi Mudrikning Kukurelyaga pasi bilan davom etdi, uni esa jarima maydoni içida Antoni yiqitdi.

Bungaça ispaniyalik himoyaçi braziliyalik raqibi bilan duellarda özini işonçli his qilmayotgandi, ammo bu epizodda ustun keldi. Palmer 11 metrlik nuqtadan töpni özidan öng tomonga tepdi, Onana ham özidan öng tomonga sakradi.
Mezbonlar birinçi bölim örtalaridayoq ikki gol ustunligiga erişdi va muxlislar ham muvaffaqiyatga işona boşlaşdi. «Meyson, Meyson, hisob qanday?» — deya «Stemford Brij» tribunalaridan «MYu» zaxira örindiğida ötirgan Mauntga murojaat qilişdi ular.
Ammo köp ötmay barçasi özgarib ketdi va tanaffus arafasida mehmonlar beş daqiqa içida ikki gol urişdi. Birinçi golli vaziyat londonliklar tayanç yarimhimoyaçisi Kaysedoning qöpol xatosidan keyin yuzaga keldi, uning qanotdan markazga uzatmasini Garnaço egallab oldi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatdan foydalandi.
Fernandeşning hisobni tenglaştiruvçi goli esa jamoaviy ijod namunasi böldi. «Mançester Yunayted» bu hujumni öz darvozasidan boşladi. Onana töpni tezda şeriklariga yetkazib berdi, Antoni uzun uzatma bilan Garnaçoni topdi, u Dalotga pas berdi, portugaliyalik himoyaçi esa darvozabon hududiga ideal kross yölladi. «Çelsi» bu vaziyatda juda yomon himoyalandi va raqibning ikki futbolçisi qarşisida bir himoyaçi qoldi. Brunu boş bilan töpni darvoza töriga joylab qöydi.
Birinçi bölimda jamoalar birgalikda 24 zarba berişdi, jumladan sakkiz zarba darvoza sohasiga töğri bordi. Gallaher birinçi bölim oxirida dublni rasmiylaştirişi mumkin edi, ammo uning zarbasi ustunga tegdi. Mankunianliklar esa jarohat tufayli Varandan ayrildi. Tanaffusdan keyin fransuz örniga Evans tuşdi, keyin uni ham ortga qaytarişga töğri keldi (jamoa ötgan turda «Brentford»ga qarşi öyinda ham ikki markaziy himoyaçisi - Martines va Lindelyofdan ayrilgandi).
Ikkinçi bölimda ham Poçettino va ten Hag maydon markazisiz öynaşga harakat qildi. Futbolçilar raqib hududida böşliq köringani hamono oldinga taşlanişdi. «Mançester Yunayted» şu usulda uçinçi golni ham urdi. Mezbonlarning aksar futbolçilari maydonning ikkinçi qismida ekanida tezkor qarşi hujum uyuştirildi, Antoni öng qanotdan oyoğining taşqi qismi bilan raqib jarima maydoniga yetib borgan Garnaçoga ajoyib uzatma berdi va argentinalik vinger uyaltirmadi.
Umuman olganda, «Çelsi» ikkinçi bölimni ötkaziş böyiça katta muammolarga uçramoqda, bu statistika böyiça londonliklar ligadagi eng yomon körsatkiçlardan birini qayd etib turibdi. Köklar «Mançester Yunayted»ga qarşi öyinning 70 foiz qismida töpga egalik qilgan bölsa ham ikkinçi bölim örtalariga borib umuman vaziyat yarata olmay qoldi. Xuddi futbolçilarda ğoya tugab qolgandek edi, faqat şu kuni sakkizta muhim uzatma amalga oşirgan Palmer kreativligini saqlab qoldi. 21 yoşli havbek yangi jamoasida aql bovar qilmas mavsum ötkazmoqda, u noyabr oyida «Mançester Siti»ga qarşi otişmali öyinda (4:4) ham qöşimça daqiqalarda durangni ta’minlagandi. Bu safar esa ikki daqiqa içida mağlubiyatli hisobni ğalabaga aylantirdi: holdan toygan Dalot 90+7-daqiqadagi epizodda ikkinçi bölimda maydonga tuşgan Maduekega yeta olmadi va uning ustiga özini taşladi.

Bu 50 ga 50 vaziyat edi. Hakam penalti qöyişga uzoq vaqt ikkilandi, ammo baribir «nuqta»ni körsatdi. VAR ham uning qarorini qölladi. Palmer bu safar ham aniq harakat qildi.
Bu majburiy fol holati emasdi, qolaversa, agar bu hujum gol bilan yakunlanmaganida hakam ham qöşimça vaqt içidan qöşimça vaqt çiqarib bermasdi va öyin oldinroq yakunlangan bölardi. «MYu» esa «Brentford» bilan öyindagi kabi (1:1) yana konsentratsiyani yöqotdi.
Hisob tenglaşganidan bir daqiqa ötib Enso Fernandes standart vaziyatni tezda ijro etib, jarima maydonida böş qoldirilgan Palmerni töp bilan ta’minladi. Koul töpni qabul qilib olganida unga eng yaqin turgan «Yunayted» futbolçisi kamida beş metr masofada edi. Angliyalik futbolçi bu sovğadan foydalandi, uning zarbasidan keyin töp Maktomineyga tegib darvoza töriga borib tuşdi.

Burçakdan töp uzatilişidan oldin «Yunayted»ning biratöla uç nafar futbolçisi qöli bilan Palmerni körsatib uni qöriqlaş lozimligini körsatişgandi. Unga tomon esa faqat eng uzoqdagi Maunt yugurdi.

Jamoalar 47 bor zarba (mezbonlar foydasiga 28:19) bergan öyinda «Çelsi» «Mançester Yunayted»ni APL doirasida yetti yil içida ilk bor mağlub etdi.
Qisqa vaqt oraliğida ikki gol ötkaziş – «Yunayted» uçun klassikaga aylanmoqda. «MYu» bu mavsumdagi beşta öyinda 4:3 hisobini qayd etgan. Şundan uçtasida yutqazgan:
- YeÇL guruhda «Bavariya» bilan öyinda tört daqiqada 2 gol ötkazgan (3:4);
- YeÇL guruhida «Kopenhagen»dan tört daqiqa içida 2 gol ötkazgan (3:4);
- APLda «Vulverhempton»dan beş daqiqa içida 2 gol ötkazgan (90+7-daqiqada 4:3 hisobida ğalaba qozongan)
- Angliya Kubogi çorakfinalida «Liverpul»dan ikki daqiqada 2 gol ötkazgan (yana ğalaba).
Va «Çelsi»ga qarşi öyinda ham ikki daqiqa içida ikki gol ötkazildi.
«Liverpul» 20-örindagi jamoa bilan öyinda oçko yöqotişi mumkin edi
«Liverpul» — «Şeffild Yunayted» 3:1
Gollar: Nunes (17), Mak Allister (76), Gakpo (90) — Bredli (58, avtogol).
«Liverpul» – Kelleher, Bredli, van Deyk, Konate, Gomes (Gakpo, 73), Soboslai (Jons, 73), Mak Allister, Gravenberh (Roberson, 60), Saloh (Elliott, 60), Dias, Nunes.
«Şeffild Yunayted» – Grbiç, Bogl, Robinson, Holgeyt (Sliman, 87), Ahmedhojiç, Trasti (Bruks, 78), Hamer (Osborn, 62), Vinisius, Arblaster, Makati (Makberni, 63), Brereton (Osula, 63).
Ogohlantiriş: Makberni (87).
«Liverpul» ilk daqiqadayoq gol ötkazib yuborişi mumkin edi: Jyeyms Makati bir neça metr masofadan zarba berdi, ammo darvozabon Kuivin Kelleher töpni tösib qoldi. Irlandiyalik posbon bir neça haftadan keyin safga qaytadigan Alissonning yöqligini bilintirmayapti.
«Şeffild» darvozaboni Ivo Grbiç esa jamoani oğir ahvolda qoldirdi – u töpni uzoqlaştirişga urinib, qarşisidan kelayotgan Darvin Nunesni möljalladi. Töp esa urugvaylik futbolçiga tegib darvozaga kirib ketdi.

Yurgen Klopp jamoasi birinçi bölimda töliq ustunlik qildi: öyinning 83 foiz vaqtida töpga egalik qiliş, raqibning uç zarbasiga qarşi 14 zarba. Ammo birgina gol urildi – va ikkinçi bölimda muxlislarini asabiylaşişga majbur qildi.
58-daqiqada Makati öng qanotda töpni uzoq olib yurdi va kerakli vaqtda olis ustun tomon uzatdi. Hamer boş bilan zarba berdi – töp Konor Bredlining oyoği orqali törga borib tuşdi. Avtogol muallifi antiqahramonga aylanişi mumkin edi, ammo keyingi vaziyatda yoş himoyaçi jamoadoşlarining xatosini tuzatdi.
«Şeffild» 1:1 hisobini qariyb 20 daqiqa uşlab turdi. Ammo 76-daqiqada Aleksis Mak Allister uzoq masofadan töqqizlikka yöllagan zarbasi bilan jamoani hisobda oldinga olib çiqdi, öyin oxirida esa zaxiradan tuşgan Kodi Gakpo yakuniy hisobni örnatdi.
Mak Allister bu öyinda yana bir bor yuqori formada ekanini namoyiş etdi: u «Liverpul» safida qatorasiga oltinçi öyinda gol yoki golli pas muallifi bölmoqda. Argentinalik yarimhimoyaçi APLning bu mavsumida tört gol urib, beş golga uzatma bergan. «Liverpul» esa ligada 4 fevraldan buyon yutqazmayapti (öşanda «Arsenal»dan 1:3 hisobida mağlub bölgandi) va yana birinçi öringa qaytdi.
APLda çempionlik poygasi davom etadi. Bu tur doirasida bir kun oldin «Mançester Siti» «Aston Villa»ni (4:1), «Arsenal» «Luton»ni mağlub etgandi (2:0).
32-turda çempionlikka da’vogarlarning uçalasi ham safarda öynaydi. «Arsenal» – «Brayton» (6 aprel), «Siti» – «Kristal Pelas» (6 aprel) mehmoni böladi, «Liverpul»ni 7 aprel kuni «Mançester Yunayted»ga qarşi sinov kutmoqda.












