15:26 / 02.10.2021
5162
Filippin prezidenti siyosatdan ketishini e'lon qildi

Duterte avgust oxirlarida vitse-prezidentlikka nomzodini ko‘rsatishini e'lon qilganidan so‘ng tanqidga uchragandi.

Foto: Reuters

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 2022 yilgi saylovlarda vitse-prezidentlikka nomzodini qo‘ymaslikka qaror qilganidan so‘ng siyosatdan ketishini e'lon qildi

«Aksariyat filippinliklar meni nomunosib nomzod va konstitutsiya buzilishi mumkin deb hisoblamoqda. Bir necha yil avval meni prezident etib saylagan odamlar xohishiga bo‘ysungan holda siyosatdan ketishimni e'lon qilaman», — dedi Duterte.

Duterte avgust oxirlarida vitse-prezidentlikka nomzodini ko‘rsatishini e'lon qilganidan so‘ng tanqidga uchragandi.

Shanba kuni u saylovda ishtirok etmaslikka qaror qilganini bildirdi.

Endi uning o‘rniga senator Kristofer Lourens Go saylovda o‘z nomzodi bilan ishtirok etadi.

Filippin konstitutsiyasiga ko‘ra, Duterte prezidentlikka qayta saylana olmaydi.

Filippinda prezident va vitse-prezident hamda mahalliy boshqaruv organlariga saylovlar 2022 yil 9 may kuni bo‘lib o‘tadi. 

Top