11:19 / 04.10.2021
5435

Namanganda yo‘l chetida turgan olti yoshli bolani yuk mashinasi urib ketdi

Namangan shahrida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

2021 yil 29 sentabr kuni soat 17:00larda Namangan shahar “Yakkasada” MFY hududida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi ishlovchi MChJga tegishli “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmagan.

Ma'lum qilinishicha, u yo‘l chetida turgan piyoda, Chortoq tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, 2015 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top