Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda bank xodimi kassadan 1,5 mlrd so‘mni o‘mardi
U pullarni 3-xonali kvartira hamda Malibu rusumli mashina xarid qilish uchun sarflab yuborgan.
Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida bank xodimi kassadan 1,5 mlrd so‘mni o‘marib, o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat bankining Yangiqo‘rg‘on bank xizmatlari ofisi boshlig‘i D.Sh. go‘yoki Buvayda bank xizmatlari markaziga madad puli sifatida yuborishini aytib, kassadan 1,5 mlrd so‘mni hech qanday hujjatsiz olib ketgan.
Qayd qilinishicha, xodim bu pullarga Chust tumanidan 3-xonali kvartira hamda Malibu rusumli mashina xarid qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026