08:07 / 06.10.2021
3887
Toshkentda bir qator avtobuslarning yo‘nalishi o‘zgardi 
Foto: Kun.uz

“Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent” tezyurar elektr poyezdlar harakatini tashkil etish maqsadida, Parkent ko‘chasidan KHAYga o‘tish qismida qurilish-montaj ishlari olib boriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. 2021 yil 5 oktabr kunidan boshlab, 58, 88, 89, 95-sonli avtobus yo‘nalishlari quyidagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi:

58-sonli avtobus yo‘nalishi -  Mustaqillik shohko‘chasidan Oqqo‘rg‘on, Katta Darxon ko‘chalari orqali “Ekskavator zavodi” so‘nggi bekatigacha ikki taraflama; 

88-sonli avtobus yo‘nalishi Parkent ko‘chasidan Mustaqillik shohko‘chasi, Oqqo‘rg‘on ko‘chalari orqali va keyingi harakatini o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda;

89- va 95-sonli avtobus yo‘nalishlari - shahar tomon harakatlari Parkent ko‘chasidan Mustaqillik shohko‘chasi, Oqqo‘rg‘on ko‘chalari orqali Oqqo‘rg‘on - Katta Darxon ko‘chalari kesishgan joydan orqaga burilib olib, o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda (qaytishda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmagan holda).

Mavzuga oid
Top