08:12 / 07.10.2021
2195
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, shuningdek Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo 15-20 daraja iliqqacha, shimolda 9-14 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Foto: kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Top