17:08 / 07.10.2021
722
Samarqandda xalqaro yo‘lda kombaynni hujjatsiz boshqarib ketayotgan shaxsga chora ko‘rildi
Foto: O‘zagroinspeksiya

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida xalqaro ahamiyatdagi yo‘lda g‘alla o‘rish kombaynini hujjatsiz boshqarib ketayotgan shaxsga chora ko‘rilgan. Bu haqda «O‘zagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 7 oktabr kuni «O‘zagroinspeksiya»ning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi yo‘lida harakatlanib ketayotgan g‘alla o‘rish kombayni to‘xtatilgan.

Dastlabki surishtiruvda tumanning «Amir Temur» mashina-traktor parki hududida Qarqarali qishlog‘ida yashovchi X.Sh. o‘ziga tegishli bo‘lgan «KeYS-2166» rusumli g‘alla o‘rish konbaynini tegishli hujjatlarsiz boshqarib ketayotganligi aniqlangan. Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan unga nisbatan MJtKning 135-moddasi, 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Top