Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.
Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida shialar masjidida kuchli portlash yuz berishi oqibatida 100ga yaqin kishi halok bo‘lib, 300ga yaqin kishi jarohatlandi. Toliblar terrorchi xudkush tomonidan uyushtirilgan bu hujumda IShID guruhi vakillarini ayblab chiqishdi.
Toliblar har kuni ushbu guruh yetakchilari hamda a'zolari o‘ldirilayotgani va hibsga olinayotgani haqida xabar berayotgan bo‘lishsa-da, mamlakatda hujumlar va tahdidlar to‘xtab qolayotgani yo‘q.