Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Parvozlar, qulashlar va g‘alaba onlari. Olimpiadaning eng yorqin suratlari
Bugun Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. O‘yinlar shiddatli kurashlar, hayajonli lahzalar, qoyilmaqom natijalar, rekordlar bilan birgalikda mojarolar va kutilmagan muvaffaqiyatsizliklar bilan ham yodda qolmoqda.
Mashg‘ulot chog‘ida tryuk ijro etayotgan sportchi / Richard Heathcote/Getty Images
Pekinda 4 fevral kuni boshlangan qishki Olimpiadaning so‘nggi kunida finland hokkeychilari finalda rossiyalik raqiblarini mag‘lub etib, ilk bor Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi, shuningdek britaniyalik ayol sportchilar kyorlingda oltin medal sohibi bo‘lishdi - bu Britaniya delegatsiyasining Pekindagi birinchi va oxirgi oltini bo‘ldi.
Finlandiya va Rossiya olimpiya qo‘mitasi jamoalari o‘rtasidagi hokkey musobaqasi finali 2:1 hisobida yakunlandi. Yarimfinalda ruslarga bullitda (hokkeydagi penalti) yutqazgan shvedlar bronza uchun bahsda slovaklarga ham mag‘lub bo‘lishdi (0:4).
Bu safargi qishki Olimpiadaga ham avvalgilarida bo‘lgani kabi AQSh va Kanada sport jamoalari ishtirokidagi Milliy hokkey ligasi vakillari kelishmagan kanadalik va amerikalik hokkeychilar yarimfinalga ham yetib kela olmadi.
Olimpiadaning so‘nggi kunida Britaniya delegatsiyasi nihoyat oltinga ega chiqdi: kyorling bo‘yicha ayollar jamoasi finalda yaponlarni yirik hisobda mag‘lub etdi - 10:3.
Britaniyaliklar qishki sport turlarida kuchli emas, ammo kyorlingda ular juda kuchli: erkaklar jamoasi bir kun oldin finalda kutilmaganda shvedlarga yutqazib qo‘ygandi - 4:5.
Olimpiada sarhisobi
Musobaqalar uchta klasterda bo‘lib o‘tdi: Pekinning o‘zida, poytaxtdan shimoli-g‘arbda joylashgan Yansinda va shahardan 200 km masofadagi Chjanszyakouda.
O‘yinlarda 92 mamlakatdan sportchilar qatnashdi.
Jami 109 ta medallar shodasi o‘ynaldi - bu to‘rt yil oldin Pyongchangda o‘tkazilgan Olimpiadadagidan 7taga ko‘p. Eng ko‘p medallar norvegiyalik sportchilarga nasib etdi.
O‘yinlarning so‘nggi kunida, chang‘ida 30 km masofaga poygada norvegiyalik Tereza Yohaug eng yaqin ta’qibchisi, amerikalik Jyessi Diggnsni 20 daqiqaga ortda qoldirib, oltin medalga ega chiqdi. Bu norveglarning Pekindagi 16-oltin medali bo‘ldi, jamoa medallar soni bo‘yicha ham, medallar sifati bo‘yicha ham yaqqol birinchi bo‘ldi - 16 oltin, 8 kumush va 13 bronza, jami 37 medal. Ikkinchi o‘rinni Germaniya egalladi - 12 oltin (yakshanba kuni nemislar bobsleyda bitta oltin va bitta kumush qo‘lga kiritishdi), 10 kumush va 5 bronza. Kuchli uchlikni mezbonlar - Xitoy yakunlab berdi - 9 oltin, 4 kumush va 2 bronza. Olimpiadada favoritlar qatorida turuvchi va bu safar ham Olimpiya qo‘mitasi bayrog‘i ostida ishtirok etgan rossiyaliklar 6 oltin medal bilan kifoyalanishdi, lekin umumiy medallar soni bo‘yicha ular ikkinchi bo‘lishdi - 32 medal. Germaniya medallar soni bo‘yicha ham kuchli uchlikda.
O‘zbekiston nomidan ushbu Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan yagona sportchi Komiljon To‘xtayev tog‘ chang‘isi bo‘yicha slalom va gigant slalom yo‘nalishida ishtirok etdi. Gigant slalomda 29-pog‘onani band etgan sportchi, slalom bahslarini muddatidan avval yakunlagandi.
Pekin—2022. Medallar bo‘yicha kuchli o‘nlik:
Norvegiya – 16-8-13 (37)
Germaniya – 12-10-5 (27)
Xitoy – 9-4-2 (15)
AQSh – 8-10-7 (25)
Shvetsiya – 8-5-5 (18)
Niderlandiya – 8-5-4 (17)
Avstriya – 7-7-4 (18)
Shveytsariya – 7-2-5 (14)
Rossiya – 6-12-14 (32)
Fransiya – 5-7-2 (14)
Shu tariqa, ikki hafta davom etgan Pekin Olimpiadasi yakunlandi. O‘yinlarning yopilish marosimida Pekin meri Olimpiya harakati bayrog‘ini 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi Milan va Kortina-d'Ampetsso shaharlari merlariga topshirdi.
Quyida o‘yinlar davomida fotosuratchilar nigohiga tushgan eng yodda qolarli lahzalar jamlangan.
Biatlon bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqa mass-starti vaqtida. Foto: AR/TASS
Ko‘ngillilar fristayl bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladigan hududni tayyorlashmoqda. REUTERS/Lindsey Wasson
Kanada hokkeychilari amerikalik raqiblariga qarshi bahsga chiqishmoqda. Foto: AR/TASSBiatlonchi o‘q uzmoqda. Foto: AR/TASSMarion Teno (Kanada) chang‘i akrobatikasi bo‘yicha jamoaviy turnir chog‘ida. Foto: Sergey Bobilev/TASSRossiyalik 15 yoshli Kamila Valiyeva figurali uchish bo‘yicha qisqa dasturdagi chiqishi bilan barchaning tiliga tushdi. U eng yaxshi ballni (90,18 ball) qo‘lga kiritdi va Rossiya jamoasiga 10 ochko keltirdi. Foto: Catherine Ivill/Getty ImagesMark Kondratyuk jamoaviy turnirda erkin konkida uchish dasturida ikkinchi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi, hakamlar uning chiqishini 181,65 ballga baholashdi. Buning evaziga Kondratyuk rossiyaliklar jamoasiga 9 ochko qo‘shib qo‘ydi. Foto: Annice Lyn/Getty Images
Xitoylik Peng Cheng figurali uchish (juftlik, erkin dastur) bo‘yicha musobaqa vaqtida. REUTERS/Aleksandra Szmigiel
Ispaniyalik Laura Barkero figurali uchish bo‘yicha (juftlik) bahslarda. REUTERS/Aleksandra Szmigiel
Amerikalik figurachi Netan Chen, erkaklar o‘rtasidagi figurali uchish bo‘yicha bahslar g‘olibi bo‘ldi. Foto: Zuma/TASS
Chexiyalik Dominik Dvorak va uning jamoadoshlari bobsley bo‘yicha musobaqalarga tayyorlanmoqda. REUTERS/Thomas Peter
Saymon Fridli, Adrian Fassler, Fabio Bodraun va Andreas Haas (Shveytsariya jamoasi) bobsley bo‘yicha to‘rt kishilik musobaqalarda. REUTERS/Edgar Su
Germaniyalik Laura Nolte va Debora Levi bobsley bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi ikki kishilik musobaqalarda. REUTERS/Edgar Su
50 km masofaga chang‘i poygasi startidagi sportchilar. REUTERS/Marko Djurica
Erik Mobayerg (Shvetsiya), Fransua Pleys (Fransiya) va Jared Shmidt (Kanada) erkaklar o‘rtasidagi chang‘i fristayli bo‘yicha musobaqa chorakfinalida. REUTERS/Lisi Niesner
Amerikalik Aaron Blank erkaklar o‘rtasidagi fristayl (hafpayp) musobaqasi vaqtida. REUTERS/Dylan Martinez
Germaniyalik Karl Gayger tramplindan sakramoqda. U jamoaviy bahslarda bronza medalini oldi. Foto: Matthias Hangst/Getty Images
Shveytsariyalik Aleksiya Paganini figurali uchish bo‘yicha yakkalik bahslarda chiqish qilmoqda. REUTERS/Evgenia Novozhenina
Amerikalik Skip Jon Shuster kyorling bo‘yicha bronza uchun Kanadaga qarshi bellashuv vaqtida. REUTERS/Eloisa Lopez
Avstriyalik Benjamin Karl (o‘ngda) va sloveniyalik Tim Mastnyak parallel gigant slalom (snoubord) bo‘yicha musobaqa finalida. Avstriyalik snoubordchi g‘alaba qozondi, Mastnyak kumush medal oldi. Bronza — RF fuqaroligini olgan, asli amerikalik Vik Uayldga tegdi.
Ben Stansall / AFP / Scanpix / LETARossiya va Shveytsariya bahsidagi mushtlashuv. Bu o‘yinda rossiyalik hokkeychilar 1:0 hisobida ustun kelishgan. Matt Slocum / AP / Scanpix / LETAYaponiyalik kyorlingchi Satsuki Fudzisava qo‘liga shunday yozib olgan: «Men yaxshi kyorlingchiman. Men o‘zimga ishonaman. Bahra ol!»
Brynn Anderson / AP / Scanpix / LETA
Kamila Valiyeva figurali uchish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi erkin konkida uchish dasturida yiqildi. REUTERS/Eloisa Lopez
U jamoaviy musobaqalardagi ishtiroki vaqtida sensatsiya ko‘rsatgandi. Jeff Roberson / AP / Scanpix / LETA
Uning muvaffaqiyatsizligi doping mojarosidan keyin o‘ziga kela olmagani bilan izohlandi. REUTERS/Eloisa Lopez
Valiyeva to‘rtinchi o‘rinni oldi, uni murabbiylari yupatmoqda. David J. Phillip / AP / Scanpix / LETA
Qozog‘istonlik Akmarjan Kalmurzayevning fristayl-akrobatika bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchrashi. Foto: AR/TASSFinlandiyalik fristaylchi Yon Sallinen sakrash vaqtida operatorga borib urildi. Foto: Tim Clayton/Corbis via Getty ImagesPolshalik Natalya Malishevskaya ayollar o‘rtasidagi short-trek bahslarida yiqilib tushdi. Foto: EPA/Vostock-photoRayan Pivirotto (AQSh) va Petro Sigel (Italiya) 1000 metr masofaga short-trek musobaqasida yiqilishdi. Foto: Fred Lee/Getty ImagesAmerikalik hokkeychi Brayan O'Nill Germaniyaga qarshi bahs vaqtida. Foto: AR/TASS
Ukrainalik Olga Polyuk ayollar o‘rtasida chang‘i bo‘yicha saralash musobaqalari chog‘ida quladi. REUTERS/Lindsey Wasson
Yaponiyalik Murase Kokomo sloupstayl (snoubord) bo‘yicha bahslarda o‘zini boshqara olmay qoldi. REUTERS/Mike Blake
Amerikalik Emili Suini chang‘ida uchish bo‘yicha musobaqaga tayyorgarlik chog‘ida. REUTERS/Edgar Su
Latviyalik Denis Vasilevs erkaklar o‘rtasidagi figurali uchish bahslarida muzga yiqildi. REUTERS/Jonathan Ernst
Janubiy koreyalik Ja Jun-hvang erkaklar o‘rtasida figurali uchish bo‘yicha musobaqada yiqildi. REUTERS/Aleksandra Szmigiel
Amerikalik Kristen Santos va yaponiyalik Kikuchi Sumire short-trek bo‘yicha 500 metr masofaga bahslar chorakfinalida chog‘ida to‘qnashib ketdi. REUTERS/Toby Melville
Xitoylik Ren Zivei va Vengriya nomidan qatnashgan Shaolin Sandor Liu short-trek bo‘yicha 1000 metr masofaga yugurish finalida to‘qnashib ketdi. REUTERS/Toby Melville
Rossiyalik Andrey Mozalev erkaklar o‘rtasidagi figurali uchish bo‘yicha qisqa dasturda yiqildi. REUTERS/Aleksandra Szmigiel
Rossiyalik Anastasiya Tatalina big-eyr bo‘yicha musobaqa finalida urinishlaridan birida yiqildi. REUTERS/Fabrizio Bensch
Kanadalik konkichi Kim Butin short-trek bo‘yicha ayollar o‘rtasida 1000 metr masofaga yugurish bahslarida yiqildi. REUTERS/Toby Melville
Shveytsariyalik tog‘ chang‘ichisi Yannik Shabloning evakuatsiya qilinishi. Foto: Alex Pantling/Getty Images
G‘alaba onlari
Kanadalik ayol hokkeychilar oltin medal uchun AQShga qarshi kechgan bahsdagi g‘alabani nishonlamoqda. REUTERS/David W Cerny
Xitoy vakillari Sui Venjing va Han Kong figurali uchish bo‘yicha juftlik bahslaridagi g‘alabani nishonlamoqda. REUTERS/Fabrizio Bensch
Chang‘i fristayli bo‘yicha bahslarda g‘olib bo‘lgan shveysariyalik Rayan Regez taqdirlash marosimi vaqtida Pekin Olimpiadasi maskotini quchoqlab xursandchilik qilmoqda. REUTERS/Lisi Niesner
Shvetsiyalik kyorlingchilar Britaniyaga qarshi finalda qo‘lga kiritilgan qiyin g‘alabani nishonlashmoqda. REUTERS/Evelyn Hockstein
Germaniyalik Laura Nolte va Debora Levi bobsley bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi ikki kishilik musobaqada g‘olib bo‘lishdi. REUTERS/Edgar Su
Rossiyalik Aleksandr Bolshunov 50 km masofaga chang‘i poygasida tengsiz bo‘ldi. U Pekinda jami 5ta medal - 3ta oltin, bittadan kumush va bronza qo‘lga kiritdi. REUTERS/Lindsey Wasson
Slovakiyalik Milosh Roman hokkey bo‘yicha uchinchi o‘rin uchun bahsdan keyin o‘z medalini tishlab ko‘rmoqda. REUTERS/Jonathan Ernst
Shveytsariyalik oltin medali sohibi Mishel Gisin ayollar o‘rtasidagi tog‘ chang‘isi bo‘yicha ko‘pkurash musobaqalaridan keyingi taqdirlash marosimida. REUTERS/Wolfgang Rattay