14:17 / 11.10.2021
7301
Men aytayotgan pullarni yozib va hisoblab boringlar, bular qog‘ozda qolib ketmasin – Shavkat Mirziyoyev
Foto: Milliy mass-media fondi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda viloyatning o‘ziga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yiliga 1 trillion so‘m ajratilishini ma'lum qildi.

“Men juda ko‘p raqamlarni aytyapman. E'tibor bering, birgina Qashqadaryoning o‘ziga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yiliga 1 trillion so‘m, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 100 million dollar, viloyatdagi tadbirkorlarga kredit foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi. 

Sizlardan iltimos, men aytayotgan raqamlarni yozib boring, chunki bu mablag‘lar manbasi aniq. Qolaversa, bular qog‘ozda qolib ketmasligi kerak. Qashqadaryo xalqining farovonligiga, viloyatda tadbirkorlik rivojlanishiga xizmat qilsin.

Odamlar bugun natija kutyapti. Buning uchun ishsizlik va kambag‘allik bilan jiddiy kurashishimiz kerak”, – dedi prezidentlikka nomzod yig‘ilganlarga qarata.

Top