15:50 / 12.10.2021
3538
Xitoyda suv toshqinlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Ma'lumot berilishicha, 37 mingdan ortiq uy va inshootlar zararlangan yoki butunlay vayron bo‘lgan, qishloq xo‘jalik yerlari suv ostida qolgan.

Foto: Reuters

Xitoyning Shansi provinsiyasida yuz bergan toshqinlar oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, uch kishi bedarak yo‘qoldi.

Tinimsiz yomg‘irlar natijasida sodir bo‘lgan toshqinlardan 1,8 millionga yaqin kishi jabr ko‘rdi, 120 mingdan ortiq kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.

Ma'lumot berilishicha, 37 mingdan ortiq uy va inshootlar zararlangan yoki butunlay vayron bo‘lgan, qishloq xo‘jalik yerlari suv ostida qolgan.

Tabiiy ofat yetkazgan zarar 5 mlrd yuandan (770 mln dollar) ortiqroq deb baholanmoqda.

Mavzuga oid
Top